• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qashqadaryo viloyat ma’muriy sudi jurnalistga xususiy ajrim chiqarganini aytdi, ko‘p o‘tmay aytgan gapidan ham qaytdi

    Qashqadaryo viloyat ma’muriy sudi “Sevimli” telekanalining Samarqand viloyatidagi muxbiri Mo‘tabar Nurmuhammedovaga xususiy ajrim e’lon qilganini aytdi, biroq ko‘p o‘tmay aytgan gapidan ham qaytdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshev xabar berdi.

    Viloyat ma’muriy sudi sudyalari bilan muloqot qilgan “Daryo” muxbirining yozishicha, ishni ko‘rgan sud televideniye muxbirining ko‘zini qo‘rqitish uchunmi yoki boshqa maqsad ilinjidami sudda muxbirga xususiy ajrim chiqarganini ma’lum qilgan. Ammo aytilgan gap sud zalidan chiqqach, natijasiz qolgan. Qisqasini aytganda, sudda aytilgan ajrimdan haligacha darak yo‘q. Muxbirga xususiy ajrim chiqarilgani haqidagi qaror shunchaki aytilgan bo‘lib chiqmoqda.

    Qiziq, Qashqadaryo viloyat ma’muriy sudining aytib, aytgan gapidan qaytadigan odati ham bormi?

    Ma’lum bo‘lishicha, Qarshi shahar hokimligi va shahar televideniyesi o‘rtasidagi yer mojarosini viloyat ma’muriy sudi ko‘rib chiqayotgan bo‘lgan. Mazkur jarayonni yoritishga kelgan televideniye muxbiri Mo‘tabar Nurmuhammedova sud zaliga kirishga uringanida uning qo‘l telefoni va sumkasi olib qo‘yilgan.

    “Sud binosiga kirishda Milliy gvardiya xodimlari telefonimni qoldirishni so‘radi. So‘ngra sumkamni ko‘zdan kechirishdi. Sumkani ko‘rib bo‘lgach, sumkani ham tashlab ketasiz, deyishdi. Xodimga odatda sud binosiga ish qurol bilan kirishimizni, qo‘l telefon va sumka ichidagi yozuv daftari ishda judayam zarurligini ta’kidladim. Biroq tushunishni istamadi. Sud ruxsat bermayapti, degan gapni aytdi. Sumkamni olib qolayotgan Milliy gvardiya xodimiga agarda kimdir sumkasini qoldirib, qaytib chiqqanda ‘sumkamda ming dollar pul bor edi, qani’ desa nima qilasiz? Harqalay, ayollar sumkasini olib qoling deyishmagandir, dedim. Bor gap shu”, — deydi Mo‘tabar Nurmuhammedova.

    Mo‘tabar Nurmuhammedova sud tizimi bilan doimiy hamkorlikda ishlashini aytib, “Sudlar o‘ziga zarur paytda — qanaqadir islohotni ko‘rsatishdami yoki kimnidir qamayotgandami televideniyeni chaqirib yoritishni so‘rashadi. Qamalayotgan odam mening shaxsiy hayotim bor, dod, ko‘rsatma, uyatdan o‘laman, desa ham parvo qilishmaydi, jarayonni tasvirga olishimizga ruxsat beradi. Unaqa paytda inson sha’nini to‘rtinchi darajaga qo‘yib qo‘yishadi. Mabodo siz suddan jabrlanayotganlarni ko‘rsatishga urinsangiz, tomonlarni ro‘kach qilib sudda qatnashishingizga qarshilik ko‘rsatishadi”, — dedi.

    Ta’kidlanishicha, muxbir Nurmuhammedova Qarshi shahar hokimligi va televideniye o‘rtasidagi sudni yoritish uchun uchun Samarqand shahridan kelib, Oliy sud ruxsati bilan sudga kirishga muvaffaq bo‘lgan. Biroq sudya jarayonni tasvirga olishga ruxsat bermagan.

    “Sudga Oliy suddan ruxsat olib kirganimiz uchunmi ishni ko‘rayotgan sudya bizga o‘ta qo‘pol muomalada bo‘ldi. Operatorga kamerangni o‘chir, men ruxsat bersamgina ‘syomka’ qilasan, deya qo‘pollik qildi. Men bunday qo‘pollikni hali ko‘rmagandim. Eng yomoni sud bunday qilsa yomon bo‘larkan. Xullas, jarayonda Qarshi shahar hokimligi huquqshunosi va televideniye yeriga ega chiqqan tadbirkor sudda bizning qatnashishimizga qarshilik qildi. Shu bois ham sud bizning ishni yoritishimizga ruxsat bermadi. Eng qizig‘i, qaror o‘qilayotgan paytda menga xususiy ajrim chiqarilganini e’lon qilishdi. Sababini so‘rasam, izohlashmadi”, — deydi Mo‘tabar Nurmuhammedova.

    “Daryo” muxbiri bilan muloqot qilgan, ammo suhbat jarayoni yozilishiga ruxsat bermagan sudya Baxtiyor Qilichov televideniye muxbiri Mo‘tabar Nurmuhammedovaga uning Milliy gvardiya xodimi bilan bo‘lgan muloqoti sabab xususiy ajrim e’lon qilinganini, nazorati esa prokuraturaga yuklatilganini, biroq xususiy ajrim “Sevimli” telekanaliga yuborilmaganini aytdi.

    Sudyaning ta’kidlashicha, ular muxbirning sha’ni, ertaga televideniye bilan hamkorlikda ishlashini o‘ylab, aytgan gapidan qaytgan.

    “Men Oliy sudga telefon qilib, viloyat sudyalari ishini aytdim, Keyin, Oliy suddan telefon qilib sud raisi siz bn gaplashib olmoqchi deyishdi. Men qarorga izoh olish uchun ham tasvirchim bilan ortga qaytdim. Bizni rais sud binosi tashqarisidagi eshigi oldida kutib turgan ekan. Gaplashdik. ‘Ajrim chiqarmaydi’, dedi. Men sizdan ajrimni chiqarmaslikni so‘rab kelmadim, izoh so‘rab keldim dedim”, — deydi televideniye muxbiri.

    Ma’lum bo‘lishicha, sud muxbirga xususiy ajrim chiqarilganini e’lon qilgach, muxbir Mo‘tabar Nurmuhammedova viloyat ma’muriy sudi raisi bilan muloqot qilmoqchiligini, xususiy ajrim sababini bilolmayotganini aytib, rais bilan ko‘rishishga uringan. Biroq buning imkoni bo‘lmagan.

    “Menga xususiy ajrim chiqarishgach, sudyalardan bunga izoh so‘radim. Ular javob bermagach, mas’ullar, xususan, viloyat ma’muriy sudi raisi bilan gaplashish istagim borligini aytdim. Ammo sud raisi bilan ko‘rishish imkoni bo‘lmadi. So‘ngra suddan chiqib bor holat bo‘yicha ‘syomka’ qildim va ortga qaytdim”, — deydi muxbir Nurmuhammedova.

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan Qashqadaryo viloyat ma’muriy sudi raisi Xolis Muhammedov muxbirni chaqirtirganini rad etdi.

    “Muxbir, balki, qabulimga kelgan bo‘lishi mumkin. Ammo men muxbirni chaqirtirmaganman”, — deydi viloyat ma’muriy sudi raisi Xolis Muhammedov.

    Xolis Muhammedov muxbirga xususiy ajrim chiqqani haqidagi voqeadan bexabar ekanligini, buni sud devonxonasidan bilish mumkinligini qo‘shimcha qildi.

    Sudya katta yordamchisi, devonxona xodimi mehnat ta’tilida bo‘lgani bois vaqtincha devonxona ishlarini ham bajarib turgan Davron Xayrullayevning ma’lumot berishicha, muxbirga xususiy ajrim chiqarilmagan. Devonxonada bunday hujjat yo‘q.

    Oliy sud Qashqadaryo viloyat ma’muriy sudining aytib, aytgan gapidan qaytishiga qanday munosabat bildirar ekan. Kutamiz va mavzuga qaytamiz.

    30.07.2020, 20:41   Izoh (0)   33712
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shahrisabz tumani hokimi ehtiyojmand oilalarga pul tarqatmagani sababli ishdan olindi

    30.07.2020, 20:26

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    30.07.2020, 20:11

    Bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev koronavirusga chalingan

    30.07.2020, 19:51

    Qibrayda 1933-yilda qurilgan Qodiriya GES modernizatsiya qilindi

    30.07.2020, 19:40

    O‘zbekistonda 540 nafardan ortiq tibbiyot xodimi koronavirusga chalingan

    30.07.2020, 19:27

    “Islom Karimov bilan o‘rtamizda hech qachon hech narsa bo‘lmagan”. 20 yildan buyon AQShda yashayotgan siyosiy sharhlovchi Lola Hotamova bilan intervyu

    30.07.2020, 19:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yamanda migrantlar qayig‘i ag‘darilib ketdi: 60 dan ortiq afrikalik halok bo‘ldi

    Dunyo | 4 avgust, 08:44

    Surxondaryodagi 3 qavatli savdo markazida yong‘in yuz berdi (video)

    O‘zbekiston | 4 avgust, 08:22

    Xitoyda chivinlar tashiydigan yuqumli kasallikka chalinish ortdi

    Dunyo | 4 avgust, 02:25

    Hindistonda kamida 14 kishi avtomobilda kanalga tushib ketdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 23:35

    Afg‘oniston va O‘zbekiston tadbirkorlari 20 mln dollarlik memorandum imzoladi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 23:27

    Sirdaryoda 1,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:52

    Superliga. “Andijon” “Qo‘qon-1912”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 3 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.