• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12603.52
    • RUB160.94
    • EUR14676.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shavkat Mirziyoyev bayram munosabati bilan o‘zbekistonliklarga yo‘llagan tabrigida mamlakatda koronavirusga qarshi kurash uchun davlat budjetidan yana 2,5 trillion so‘m ajratilishini ma’lum qildi.

    Quyida Prezidentning tabrigi to‘liqligicha taqdim etiladi.

    Qadrli vatandoshlar!

    Butun islom olami qatorida din-u diyonatli, e’tiqodi mustahkam xalqimiz katta intiqlik bilan kutib olayotgan muborak Qurbon hayiti bilan siz azizlarni, yurtimizdagi barcha musulmon ummatini chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

    Ko‘hna tariximiz davomida yurtimizning ma’naviy hayotida beqiyos o‘rin egallab, jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va bag‘rikenglik tamoyillarini har tomonlama barqaror etib kelayotgan bu qutlug‘ bayram barchamizga muborak bo‘lsin!

    Ushbu muqaddas ayyomda sizlarga, butun el-yurtimizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxt-u saodat tilayman.

    Dunyo davlatlari qatori mamlakatimizni ham chetlab o‘tmagan og‘ir sinov — koronavirus pandemiyasi sharoitida biz Qurbon hayitining jamiyatimiz hayotidagi beqiyos o‘rni va ulkan ahamiyatini yanada chuqur his etmoqdamiz.

    Ayniqsa, bu qutlug‘ bayramning mohiyatida mujassam bo‘lgan ezgu va savob ishlar qilib yashash, o‘zaro yordam, mehr-saxovat, sabru qanoat, shukronalik, tinchlik va sog‘likni qadrlashdek ulug‘ fazilatlar bugun alohida ahamiyat kasb etmoqda.

    Shu ma’noda aynan mana shunday muqaddas qadriyatlarimiz bugungi murakkab vaziyatda el-yurtimizga qo‘shimcha kuch-g‘ayrat, chidam va bardosh ato etmoqda, desak to‘g‘ri bo‘ladi.

    Davlatimiz va jamiyatimiz tomonidan ko‘rilayotgan barcha chora-tadbirlarga qaramasdan, ming afsuski, yurtdoshlarimiz orasida ushbu kasallikdan vafot etganlar ham bo‘ldi. Ularning oila a’zolari va yaqinlariga chin qalbimdan hamdardlik bildirib, barchalariga sabr-bardosh tilayman, marhumlarning oxiratlari obod bo‘lishini Yaratgandan so‘rab qolaman.

    Albatta, pandemiya tufayli ommaviy tadbirlarni, jumladan, Qurbon hayiti bilan bog‘liq marosimlarni jamoat bo‘lib ado etishda ayrim cheklovlar vujudga kelganini mavjud vaziyat taqozosi sifatida barchamiz yaxshi tushunamiz.

    Muqaddas Qur’oni karimning bir necha o‘rinlarida xayr-ehson, ezgulikning mukofoti faqat yaxshilik ekani alohida ta’kidlangan. Bu kabi purma’no hikmatlar bugungi sinovli kunlarda jamiyatimizda mehr-oqibat, saxovat va muruvvat, o‘zaro totuvlik, ahillik va hamjihatlik muhitining tobora yuksalib borishida aks etmoqda.

    Darhaqiqat, ushbu og‘ir sinov damlarida Alloh taoloning o‘zi ezgu va savob amallar uchun yangi imkoniyat eshiklarini ochib bermoqda. Xususan, pandemiya tufayli ishidan, doimiy daromad manbayidan uzilib qolgan, yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berishni yurtdoshlarimiz o‘zlarining insoniy burchi, deb qabul qilayotgani tahsinga loyiqdir. Zero muqaddas hadislarda keltirilganidek, haqiqiy musulmon o‘ziga ravo ko‘rganini birodariga ham ravo ko‘radi.

    Ayniqsa, halol mehnati orqasidan jamg‘argan mablag‘ini qarindosh-urug‘lari, mahalladoshi yoki yurtdoshining og‘irini yengil qilish uchun xolis niyat bilan hadya etgan, mehr-oqibatli, insof-diyonatli va jonkuyar insonlarga Yaratganning o‘zi ajru mukofotini beradi, albatta.

    Ana shunday olijanob yurtdoshlarimizning sa’y-harakatlari tufayli mamlakatimizda tashkil etilgan “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati bugungi kunda tom ma’noda qudratli kuchga aylandi.

    O‘tgan qisqa vaqt davomida ushbu harakat doirasida amalga oshirilgan ulkan hajmdagi xayriya tadbirlari va mehr-muruvvat amallari ham shundan yaqqol dalolat beradi.

    Ana shu ezgu ishlarimizning mantiqiy davomi sifatida hamda pandemiya davrida doimiy daromad manbayiga ega bo‘lmagan, kam ta’minlangan, yordam va ko‘makka muhtoj aholi qatlamlarini va oilalarni hamda iqtisodiyotni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish maqsadida avval ajratilgan 10 trillion so‘m mablag‘ga qo‘shimcha ravishda bugun men imzolagan farmonga muvofiq, respublika budjetidan yana qariyb 2,5 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirish belgilandi.

    Shu bilan birga, jamiyatimizda tinchlik, do‘stlik, mehr-oqibat va hamjihatlik g‘oyalarini keng targ‘ib etib kelayotgan diniy sohada xizmat qilayotgan vakillarni moddiy rag‘batlantirish hamda joylarda xayr-u saxovat, muruvvat borasida amalga oshirilayotgan ishlarni, jaholatga qarshi ma’rifat ruhidagi keng qamrovli tadbirlarni yangi bosqichga ko‘tarish uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondiga 150 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.

    Aziz yurtdoshlar!

    Biz orzu-niyatlari pok va ulug‘ xalqmiz. Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlarining: “Murodi ko‘pning Haqqa itoati ham ko‘p bo‘ladi”, degan so‘zlarida teran ma’no mujassam.

    Yer yuziga Allohning rahmati yog‘ilib turgan ushbu saodatli ayyomda dunyoning olis-yaqin mamlakatlaridagi barcha mo‘min-musulmon birodarlarimizni, xorijiy do‘st va hamkorlarimizni ham Qurbon hayiti bilan qizg‘in tabriklab, ularga mustahkam tinchlik, bardavom taraqqiyot tilayman.

    Siz, aziz va muhtaram vatandoshlarimizni Qurbon hayiti bilan yana bir bor chin qalbimdan muborakbod etaman.

    Barcha pok niyatlarimiz ijobat bo‘lishini, Yaratganning o‘zi yurtimizni turli balo-qazolardan asrashini, birdamlik, do‘stlik va ahillik tuyg‘ularimiz yanada ziyoda bo‘lishini so‘rab qolaman.

    Jonajon Vatanimiz, xonadonlarimizdan tinchlik-osoyishtalik, fayz-u baraka hech qachon arimasin!

    Ezgu intilish va ishlarimizda Alloh taolo hamisha madadkor bo‘lsin!

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Qurbon hayiti 31-iyul kuni karantin qoidalariga amal qilgan holda nishonlanadi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi pandemiya vaqtida Qurbon hayiti namozi musulmonlar zimmasidan soqit bo‘lganini ma’lum qildi. Qurbon hayiti kuni butun sutka davomida respublika miqyosida harakatlanish, avtotransport vositalarining, yo‘nalishsiz taksilarning harakati to‘liq to‘xtatiladi.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekistonda karantin sharoitida qurbonlik qilish tartibi ma’lum qilindi
    • Ichki ishlar vazirligi Qurbon hayiti kuni harakat cheklanganda qurbonliklarni yetkazish masalasiga izoh berdi

    30.07.2020, 20:11   Izoh (0)   27066
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev koronavirusga chalingan

    30.07.2020, 19:51

    Qibrayda 1933-yilda qurilgan Qodiriya GES modernizatsiya qilindi

    30.07.2020, 19:40

    O‘zbekistonda 540 nafardan ortiq tibbiyot xodimi koronavirusga chalingan

    30.07.2020, 19:27

    “Islom Karimov bilan o‘rtamizda hech qachon hech narsa bo‘lmagan”. 20 yildan buyon AQShda yashayotgan siyosiy sharhlovchi Lola Hotamova bilan intervyu

    30.07.2020, 19:10

    O‘zbekistonda 31-iyul kuni havo harorati pasayadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi

    30.07.2020, 18:39

    Toshkent shahrida harorati ko‘tarilgan bemorlar bo‘yicha tez yordam chaqiruvi 1,2 martaga kamaygani ma’lum bo‘ldi

    30.07.2020, 18:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda do‘kon egasi sotuvchisini “samosud” qildi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 19:35

    AQSHda barcha noimmigratsion vizalar uchun 250 dollar miqdoridagi yig‘im joriy etiladi

    Dunyo | 22 iyul, 19:25

    Ilon Mask robot ofitsiantlar va o‘z kinoteatriga ega futuristik restoranni ishga tushirdi (foto, video)

    Dunyo | 22 iyul, 19:11

    Jazoir prezidenti mamlakat eksportiga qo‘llangan AQSH bojlarini qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 22 iyul, 19:00

    “Barselona”ning Gamper kubogidagi raqibi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 22 iyul, 18:58

    IIBB tungi klubda mijoz menejerga “xlopushka” otgani yuzasidan munosabat bildirdi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 18:55

    “Kalmar o‘yini”dan qolishmaydi: syujeti shafqatsiz o‘yinlar va xavfli sinovlardan iborat koreys seriallari

    Kino | 22 iyul, 18:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.