• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 24-iyul kuni 492 kishida koronavirus aniqlandi. To‘rt ayol vafot etdi, ulardan biri homilador bo‘lgan

    O‘zbekistonda 23-iyul soat 23:30 dan 24-iyul soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 492 ta holat qayd etildi. Uch kundan buyon kasallanish holatlari 500 taga yetmayapti. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 19360 nafarga yetdi.

    SSV hisobi bo‘yicha 106, “Daryo” hisobi bo‘yicha 112 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.

    SSV hisobi bo‘yicha 106, “Daryo” hisobi bo‘yicha 112 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.
    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallanish holatlari

    Yangi kasallangan 492 kishining barchasi tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:
    • Toshkent shahrida — 250 nafar;
    • Qashqadaryo viloyatida — 141 nafar;
    • Andijon viloyatida — 35 nafar;
    • Samarqand viloyatida — 31 nafar;
    • Toshkent viloyatida — 18 nafar;
    • Xorazm viloyatida — 12 nafar;
    • Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 5 nafar.
    Kun davomida 7 ta hududda kasallanish holati qayd etilgan. 492 ta holatning 391 tasi ikkita hudud hisobiga to‘g‘ri keldi.

    Toshkent shahrida 250 kishida koronavirus aniqlandi. Bu kun davomida butun mamlakatda aniqlangan kasallanish holatlarining yarmidan ham ko‘proqdir. Joriy haftaning ortda qolgan 5 kunida Toshkent shahrida 1274 kishida kasallik aniqlandi. Epidemiya mavsumi boshlangandan buyon Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan boshqa hech bir hududda koronavirusga chalinganlar soni 1000 taga ham yetmagan.

    Qashqadaryo viloyatida 141 kishida koronavirus qayd etildi. Kunlik kasallanish holatlari bo‘yicha viloyat uchun bu antirekord emas. 8-iyul kuni 161 kishida kasallik qayd etilishi hozirgacha eng yuqori natija hisoblanadi. Shuningdek, viloyatda 16-iyun kuni kunlik kasallanish holatlari 100 nafardan oshgandi — o‘sha kuni jami 104 kishida koronavirus aniqlangan. Qashqadaryoda koronavirusga chalinganlar soni 637 nafarga yetdi, ushbu holatlarning 406 tasi 16-iyun, 8-iyul va 24-iyulga to‘g‘ri keldi. Hozirda Qashqadaryo bemorlar soni 600 nafardan oshgan Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Andijon va Namangan viloyatlaridan so‘ng 7-hudud bo‘ldi.

    Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayevning 24-iyul kuni jurnalistlar bilan o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilishicha, kasallanganlarning 267 nafari G‘uzor tumanidagi Uzbekistan GTL zavodining xodimlaridir. COVID-19 bilan kasallangan zavod ishchilarining 126 nafari xorijlik bo‘lib, bemorlarning 104 nafari sog‘aygan.

    Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida 35 kishida kasallik aniqlandi. Viloyatda 17-iyuldan beri har kuni kasallanish holatlari kuzatilmoqda. Hozirda Andijonda koronavirusga chalinganlar soni 904 nafarga yetdi. Ushbu holatlarning 690 tasi iyul oyida qayd etildi. Andijon kasallanganlar soni 900 nafardan oshgan Toshkent shahri va viloyatidan keyin 3-hudud bo‘ldi.

    Samarqand viloyatida 31 kishida kasallik aniqlandi. Viloyatda iyul oyining o‘zida 360 kishida kasallik qayd etildi. Epidemiya mavsumi boshidan beri Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Farg‘ona viloyatlarining hech birida buncha kasallanish holati aniqlanmagan. Samarqand viloyati koronavirusga chalinganlar soni 800 nafardan oshgan Toshkent shahri, Toshkent va Andijon viloyatlaridan so‘ng 4-hudud bo‘ldi.

    Toshkent viloyatida 18 kishida koronavirus aniqlandi. 17-iyuldan boshlab Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent viloyatining ko‘rsatkichlarini Toshkent shahridan alohida bera boshladi. Bir hafta ichida viloyatda 97 kishida kasallik aniqlandi. Toshkent viloyatida hozirda 1775 kishida koronavirus qayd etilgan, bu Andijon va Samarqanddagi kasallikka chalinganlarning umumiy sonidan ham ko‘p.

    Xorazm viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida 12 ta yangi holat aniqlandi. Xorazmda oy boshidan beri 37 kishida koronavirus qayd etildi. Bu barcha hududlar orasidagi eng past ko‘rsatkichdir.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 kishida koronavirus qayd etildi. Respublikada kasallanganlarning umumiy soni 329 nafarga yetdi. Ushbu holatlarning yarmidan ortig‘i — 178 ta holat iyul oyida sodir bo‘ldi. Qoraqalpog‘istonda kasallikka chalinganlar orasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov ham bor.

    O‘lim holatlari va ahvoli og‘ir bemorlar

    SSV 24-iyul kuni Toshkent shahrida, Jizzax, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida 1 nafardan, jami 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgani haqida xabar berdi. Shuningdek, 24-iyul kuni vafot etgan Qonliko‘l tumani hokimida bir necha kun oldin koronavirus aniqlangani haqida O‘zA xabar berdi.

    Birinchi o‘lim. Jizzax shahrida yashagan 57 yoshli T.A. ismli ayolda COVID-19 tasdiqlangach, u viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

    Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi hamda gipertoniya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

    Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

    Ikkinchi o‘lim. Toshkent shahri Sergeli tumanida yashagan 73 yoshli G.R. ismli ayolda 9-iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va Zangiota ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

    Unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya, bosh miyada surunkali qon aylanishining buzilishi, surunkali piyelonefrit, surunkali xoletsistit kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

    Asosiy kasallik asoratlari hisobiga bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

    Uchinchi o‘lim. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani hokimi Daulet Ayapbergenovich Tolibayev bir necha kun oldin koronavirusga chalinib, kasalxonaga yotqizilgan. Biroq ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay bemor vafot etgan.

    Daulet Tolibayev.

    Daulet Tolibayev.
    Foto: O‘zA

    Ushbu o‘lim holati bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi hozircha axborot bermadi.

    Daulet Tolibayev 1983-yil 18-oktabrda Nukus shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini 2004-yilda boshlab, uzoq yillar irrigatsiya sohasida turli tashkilotlarda, jumladan, Qoraqalpog‘iston suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. Tolibayev 2019-yildan buyon Qonliko‘l tumani hokimi sifatida ishlab kelayotgan edi.

    To‘rtinchi o‘lim. Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashagan 35 yoshli U.Yu. ismli ayolda 14-iyul kuni isitma, xansirash va havo yetishmasligi kabi shikoyatlari dinamikada kuchayganligi sababli Qarshi shahar tug‘ruq kompleksining ginekologiya bo‘limiga og‘ir ahvolda olib kelingan. Bemor infeksionist ko‘rigidan so‘ng COVID-19’ga shubha qilinib, viloyat pulmonologiya va ftiziatriya markazi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

    Unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi asorati bilan kechgan.

    Ammo bemorning ahvoli keskin yomonlasha boshlagan va intubatsiya qilingan, o‘pka-yurak reanimatsiyasi o‘tkazilgan. Mutaxassislar tomonidan to‘liq hajmda, standart asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

    Qashqadaryo viloyatining koronavirus bo‘yicha maxsus shtabining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, vafot etgan 35 yoshli ayol homilador bo‘lgan.

    Beshinchi o‘lim. Namangan viloyati Namangan shahrida yashagan 62 yoshli J.Sh. ismli ayolda COVID-19 tasdiqlangach, u viloyat yuqumli kasalliklari shifoxonasiga yotqizilgan. Unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

    Shuningdek, bemor qandli diabet (II tip, insulinga muhtoj shakli), bronxial astma kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan. 20-iyul kuni bemorning ahvoli og‘irlashib, unga o‘pka-yurak reanimatsiyasi o‘tkazilgan hamda sun’iy nafas berish apparatiga ulangan.

    Asosiy kasallik asoratlari hisobiga bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, mutaxassislar tomonidan to‘liq hajmda, standart asosida o‘tkazilgan reanimatsion choralar samara bermay, u o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

    Bu Namangandagi beshinchi o‘lim holati bo‘ldi. Bungacha viloyatda koronavirusga chalingan oxirgi bemor 3-mayda olamdan o‘tgandi.

    Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 106 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirus chalingach vafot etganlar soni 112 nafarni tashkil etmoqda. Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Shuningdek, 22-iyulda Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, hozirda Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan 66 yoshli Hakimbay Xalimov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani hokimi 36 yoshli Daulet Tolibayev koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan. Biroq ushbu holatlar haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

    Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi.

    Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 8 782 nafar bemordan 138 nafari og‘ir, 40 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Ahvoli og‘ir va o‘ta og‘ir bemorlarning umumiy soni 16-iyul kuni birinchi marta 60 nafardan, 17-iyul kuni 80 nafardan, 18-iyul kuni 90 nafardan, 19-iyul kuni 100 nafardan 21-iyul kuni 130 nafardan, 23-iyul kuni 140 nafardan oshgandi, endi esa ularning umumiy soni 175 nafardan oshdi. Bir kun avval ahvoli og‘ir bemorlar soni 118, ahvoli o‘ta og‘ir bemorlar 30 nafarni tashkil etayotgandi.

    Kasallikdan davolanish

    24-iyulda 323 kishi koronavirusdan sog‘aydi. Ulardan
    • 124 nafari Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida;
    • 95 nafari Andijon viloyatida;
    • 63 nafari Sirdaryo viloyatida;
    • 18 nafari Navoiy viloyatida;
    • 13 nafari Namangan viloyatida;
    • 10 nafari Surxondaryo viloyatida tuzaldi.
    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 19 360 nafar bemordan 10 472 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 54 foizni tashkil etmoqda. Bir kun oldin bu boradagi ko‘rsatkich 53 foiz edi. Iyul oyida birinchi marta davolanish ko‘rsatkichi yaxshilandi.

    O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

    Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlari bo‘yicha ayni paytda 8782 nafar bemordan 6306 nafari Toshkent shahrida davolanmoqda. Navoiyda 14, Farg‘onada 17, Xorazmda 42, Jizzaxda 50, Sirdaryoda 110, Qoraqalpog‘istonda 115, Samarqandda 119, Namanganda 125, Buxoroda 151, Surxondaryoda 236, Andijonda 255, Qashqadaryoda 262 va Toshkent viloyatida 980 nafar bemor qoldi.

    Karantindagilar

    Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 67 298 nafar, statsionar karantinda esa 25 802 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi. SSV 21-iyuldan beri endi karantindagilar soni haqida axborot berdi. 3 kun oldinga nisbatan uy karantinidagilar soni 4785 nafarga, statsionar karantindagi fuqarolar 2048 nafarga ko‘paydi.

    25.07.2020, 00:23   Izoh (0)   133850
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoda 89 ta yangi kasallanish holati qayd etildi. O‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 19 360 nafarga yetdi

    25.07.2020, 00:12

    Namanganda koronavirusga chalingan 62 yoshli ayol hayotdan ko‘z yumdi. Bu viloyatdagi 5-o‘lim holati

    24.07.2020, 23:57

    Qashqadaryoda koronavirusga chalingan 35 yoshli ayol vafot etdi. Bemor homilador bo‘lgan

    24.07.2020, 23:47

    O‘zbekistonda aholining qancha qismi koronavirus pandemiyasi sabab sog‘lig‘idan va moliyaviy qiyinchiliklardan tashvishda ekanligi aniqlandi

    24.07.2020, 22:44

    Virus blokatorlar koronavirusga qarshi kurashda samarali emasmi? Mutaxassis javobi

    24.07.2020, 22:32

    Samarqandda “Kamaz”ga yo‘lovchi bo‘lib chiqqan qiz 6 ming dollar pulni o‘g‘irladi

    24.07.2020, 22:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.