So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12190.01
    • RUB 126.91
    • EUR 12987.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +14°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    O‘zbekistonda aholining qancha qismi koronavirus pandemiyasi sabab sog‘lig‘idan va moliyaviy qiyinchiliklardan tashvishda ekanligi aniqlandi

    24.07.2020, 22:44 47081

    Toshkentda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Jahon banki bilan hamkorlikda 20-iyul kuni “O‘zbekiston fuqarolarini tinglash” loyihasi doirasida COVID-19’ning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi jamoatchilik bilan aloqalar xizmatiga tayanib “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Tadqiqot natijalari

    Bandlik darajasi

    Iyun oyida aholining bandligi jadal sur’atlarda oldingi darajalarga qaytishda davom etdi. Kamida bitta oila a’zosi bo‘lgan uy xo‘jaliklarining ish bilan bandlik darajasi aprel oyida keskin 40 foiz punktiga qisqargan bo‘lsa-da, keyinchalik iyun oyida 33 foiz f.p.ga ko‘paydi. Shunday bo‘lishiga qaramay, xonadonlar a’zolaridan kimdir “ishidan ayrilgan yoki ishlamay qolgani” haqida xabar bergan respondentlar soni aprel oyida 19 foizga o‘sdi va iyun oyida yana 3 foizga ko‘paydi. So‘rovnomada deyarli barcha respondentlar faoliyatining to‘xtatib turilishini vaqtinchalik deb hisoblagan. Biroq bandlik darajasi 2019-yildagiga nisbatan pastroq bo‘lsa-da, COVID-19 pandemiyasidan oldingi tendensiyalar saqlanib qolmoqda.

    Bandlikning pasayishi o‘zini o‘zi ish bilan band qilganlar orasida eng sezilarli va uzoq vaqt davom etdi. O‘zini ish bilan band qilganligini ko‘rsatgan respondentlarning ulushi aprel oyida 67 foizga tushib, iyun oyida 26 foizga pasayishda davom etdi. Aksincha, oylik maosh olib ishlaydigan odamlarni ishga qabul qilish (xodimlarning) iyun oyida o‘rtacha 2019-yil darajasiga qaytdi, shu bilan birga, ayollarga nisbatan erkaklar orasida tezroq amalga oshdi.

    Bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar 80 foizga tushib ketgandan so‘ng yangi ish o‘rinlari soni ko‘payishi iqtisodiyotning tiklanish belgilarini ko‘rsatmoqda. Ushbu pasayish 2019-yilning shu davriga nisbatan turizm, dam olish va ko‘ngilochar xizmatlar (-95 foiz), restoranlar va barlar (-91 foiz), ta’lim (-85 foiz) sohalarida juda katta bo‘ldi. Iyun oyida tibbiyot va qurilish sohalarida jadal tiklanish kuzatilib, eng kam ta’sir ko‘rsatgan kasblar orasida ham o‘tgan yilning shu davriga nisbatan pasayish 50 foiz va undan ko‘proqni tashkil etdi.

    Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash

    Taxminan, 3,8 million fuqaro hukumat yordamini turli shakllarda oldi. Pandemiya boshlanganidan keyin aholining 11 foizi to‘g‘ridan to‘g‘ri hukumat yordamini olganligi haqida xabar berdi. Yordamning eng katta qismi — 92 foizi to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki vaucherlar shakllarida berilgan va asosan shaharlarda ko‘proq tarqalgan. Ko‘rsatilgan yordam hajmi asosan daromadi past xonadonlar bilan bog‘liqligi yuqori bo‘lib, mazkur dastur doirasida yordamning juda katta ulushi aynan ijtimoiy zaif uy xo‘jaliklariga yo‘naltirilganligini tasdiqlamoqda.

    Moliyaviy farovonlik

    Daromadini yo‘qotgan uy xo‘jaliklarini xarajatlarning oshishi va pandemiyaning iqtisodiy ta’siri ko‘proq tashvishga solgan. Respondentlarning 53 foizga yaqini o‘z xarajatlarida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lganini ta’kidlamoqda. Ularning 60-65 foizi oxirgi 30 kun ichida odatdagidan ko‘proq pul sarflaganligini, qolganlari esa odatdagidan kamroq pul sarflaganligini bildirgan. Xarajatlarning oshishi inqiroz davrida daromad yo‘qotilishi bilan bog‘liq.

    Inqirozdan oldin daromadi yuqori bo‘lgan uy xo‘jaliklari ta’siri ancha barqaror bo‘lib chiqdi. Xarajatlari ko‘payganini bildirgan respondentlarda karantindan oldin ham iste’mol darajasi yuqoriroq bo‘lgan.

    Tovarlar tanqisligi

    Iyun oyida mahalliy mahsulotlarning tanqisligi kamaydi.Respondentlarning, taxminan, 1 foizga yaqini jamg‘armalari tugaganini, bu aprel oyida e’lon qilingan 16 foizdan ancha past ekanligini ta’kidlagan. Ushbu mahsulotlar orasida oziq-ovqat mahsulotlari, ayniqsa, un narxlarining oshishi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Dori-darmon va niqoblarning sotuvga chiqarilmagani haqida xabar berganlar aprel oyida 5 foizdan iyun oyida deyarli nolga tushdi.

    Migratsiya va pul o‘tkazmalari

    Pul o‘tkazmalarini qabul qiladigan uy xo‘jaliklarining ulushi iyun oyining boshida biroz tiklandi, ammo 2019-yilga nisbatan sezilarli darajada kam. Aprel oyida har qanday pul o‘tkazmalarini olgan uy xo‘jaliklari ulushi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki baravar kamaydi, shundan so‘ng may va iyun oylarida biroz tiklandi. Pul o‘tkazmalarini olganlar uchun aprel oyida o‘tkazmalarning o‘rtacha hajmi 21 foizga kamaydi (inflyatsiyani hisobga olgan holda so‘mda), ammo may oyida Rossiya rublining kuchayishi natijasida o‘sdi.

    Respondentlarning kam qismi oila a’zolari chet elda ishlashini ta’kidladi. Aprel oyida oila a’zolari xorijda ishlayotgan uy xo‘jaliklarining ulushi 2019-yilning xuddi shu davriga nisbatan 3 foiz punktga kam bo‘ldi. Xorijda bo‘lib turganlar orasida doimiy ish bilan band bo‘lganlar ulushi 88 foizdan qariyb 73 foizga tushib ketgan. Migratsiya mavsumiy ravishda ko‘paygan bir davrda, 2019 va 2020-yillar o‘rtasidagi tafovut may va iyun oylarida yanada ortdi. Aprel va iyun oylari orasida kelajakda chet elga migratsiyasini reja qilayotgan uy xo‘jaliklarining ulushi deyarli nolga tushdi.

    Odamlarning fikrlari va xatti-harakatlari

    Koronavirusning salbiy ta’sirlaridan xavotir yuqori bo‘lib qolmoqda. Respondentlarning deyarli barchasi COVID-19 nima ekanligini bilishini aytgan va 75 foizdan ko‘prog‘i COVID-19 bilan “juda yaxshi tanish” ekanligini aytgan. Aprel va iyun oylari orasida COVID-19’ning zararli ta’siridan xavotirlar biroz pasaydi: sog‘liqlari uchun xavflardan “juda xavotirda” ekanligini bildirganlar 64 foizdan 60 foizga tushdi, iqtisodiy oqibatlardan “juda tashvishlanayotganlar” 61 foizdan 56 foizga tushdi.

    Ko‘plab fuqarolarning ta’kidlashlaricha, ular o‘tgan hafta hukumatning COVID-19 bilan bog‘liq rasmiy bayonotlaridan xabardor. Aprel oyida 75 foizi rasmiy e’lonlarni eshitganliklarini aytgan va iyun oyida bu raqam 80 foizga yetgan. Deyarli hamma televizor axborotning asosiy manbasi ekanligini ta’kidladi. Apreldan keyingi davrda ijtimoiy ommaviy axborot vositalari (12 foiz) va matnli xabarlar (15 foiz) ham ommabop manbalar bo‘lgan. Faqat bir necha fuqaro rasmiy e’lonlar to‘g‘risida gazetalar, radio yoki do‘stlaridan bilib olishlarini aytdi.

    Taxminan, 80 foiz respondentlarda pandemiya paytida ularning odatiy harakatlari o‘zgarganligini qayd etdi. Asosan bu niqob taqish (98 foiz), oila a’zolari va do‘stlariga tashriflarni qisqartirish (84 foiz), qo‘llarni tez-tez yuvish (81 foiz), qo‘l siqib ko‘rishish, o‘pishish, salomlashish (77 foiz), ijtimoiy masofa saqlash (72 foiz), uydan tashqarida ishlashga kamroq vaqt sarflash (51 foiz), o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish (17 foiz)da o‘z aksini topgan.

    Respondentlar qo‘l yuvish talablariga qattiq e’tibor qaratayotganini ma’lum qildi. So‘rovda qatnashganlarning ta’kidlashicha, ular qo‘llarini kuniga o‘rtacha 5,5 marta yuvadi, bu aprel oyida qayd etilgandan 4,8 martaga ko‘p. Respondentlarning o‘rtacha qatlami qo‘llarini kuniga o‘rtacha 10 marta yuvishlarini qayd etgan.

    Ma’lumot uchun, “O‘zbekiston fuqarolarini tinglash” (Listening to Citizens of Uzbekistan, L2CU) loyihasi 1500 xonadon o‘rtasida so‘rov o‘tkazish orqali butun respublikadagi oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini o‘rganishni ko‘zda tutadi. 2019-yildan buyon loyiha doirasida 22 ta so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘nggi so‘rovnoma 21-iyunda o‘tkazilgan edi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    La Liga. Madrid derbisida “Atletiko” “Real” ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi

    Bugun, 02:08

    A Seriya. “Kalyari” safarda “Atalanta”ga imkoniyatni boy berdi, “Inter”da minimal g‘alaba, “Roma” esa Turin klubi bilan durang o‘ynadi (video)

    Bugun, 01:58

    Liga 1. “PSJ” o‘z maydonida “Marsel”ni tor-mor etdi

    Bugun, 01:44

    “Atletiko” muxlislari derbi oldidan “Real” muxlisi bo‘lgan qora tanli ayolga hujum uyushtirib, uni haqorat qildi

    Bugun, 01:10

    Putinning 90-yillardagi ta’tilidan arxiv kadr namoyish qilindi (video)

    Kecha, 23:55

    Zelenskiyning qo‘riqchisi Nyu-Yorkda mushtlashdi — OAV (video)

    Kecha, 23:35

    “Rossiya-Belarus rejasi o‘xshamadi”: Polsha Belarusni chegarani buzib o‘tishga urinishda aybladi (video)

    Kecha, 23:25

    Rekord o‘rnatgan ayollar, oq tovuqlar so‘yiladigan marosim, 213 yilligini nishonlayotgan davlat — hafta suratlari

    Kecha, 22:43

    APL. “Arsenal” London derbisida “Tottenhem” bilan durang o‘ynadi, “Liverpul” ishonchli g‘alabaga erishdi, “Chelsi” o‘z maydonida mag‘lubiyatga uchradi (video)

    Kecha, 22:30

    Instagram: Luiza Rasulova Istanbuldan uy oldi, Yulduz Usmonovaning mum haykali ochildi, Rayhonning “Humo arena”dagi konserti qoldirildi

    Kecha, 22:25

    Tavsiya etamiz

    Rekord o‘rnatgan ayollar, oq tovuqlar so‘yiladigan marosim, 213 yilligini nishonlayotgan davlat — hafta suratlari

    22:00 / 24.09.2023

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    22:00 / 23.09.2023

    “Kasallangan bolalarning 143 nafari tuzalgan”. Vazir o‘rinbosari Namangandagi zaharlangan bolalar soniga aniqlik kiritdi

    15:00 / 23.09.2023

    Bosh vazir iste’fosini talab qilayotganlar, sotuvga chiqqan iPhone 15, AQSHga kelayotgan rekord darajadagi migrantlar — 22-sentabr suratlari

    22:00 / 22.09.2023

    MOLIYA

    Pul

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistonda 25-sentabr kuni qanday ob-havo bo‘ladi?

    10:00 / 24.09.2023

    Toshkentda poyezd ustida selfi qilmoqchi bo‘lgan 18 yoshli yigitni tok urdi

    09:00 / 24.09.2023

    Central Asian University (sobiq Akfa) universitetida mojaro yuz berdi

    09:00 / 24.09.2023

    “Putin atrofidagilar bosib olingan hududlardan qo‘shinlarni olib chiqishni o‘ylamoqda” — siyosatchi

    19:00 / 24.09.2023

    “Bolalar haqqiga qilinayotgan xiyonat”. Samarqanddagi bog‘chada bolalar ovqatidan go‘sht kam chiqqani aks etgan video bo‘yicha munosabat bildirildi

    11:00 / 24.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?