“Yuventus” A Seriyaning 35-tur uchrashuvida “Udineze”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (1:2). Uchrashuvdagi hal qiluvchi gol 90+2-daqiqada urildi.
Gracenote Live xabariga ko‘ra, “Yuventus” A Seriyada 2014-yilning oktabr oyidan beri qo‘shib berilgan daqiqalarda o‘tkazilgan gol tufayli mag‘lubiyatga uchramay kelayotgandi. O‘shanda Turin klubi “Jenoa”ga qarshi o‘yinda 94-daqiqada o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yuborib, mag‘lub bo‘lgandi.
Ta’kidlash joiz, “keksa sinyora” so‘nggi 5 o‘yinning bor-yo‘g‘i bittasida g‘alaba qozondi. Qolganlarida ikkita durang va xuddi shuncha mag‘lubiyat qayd etilgan.
Jamoa 35-turdan keyin musobaqa jadvalida 80 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda. Keyingi uch turning birortasidagi g‘alaba “Yuventus”ni mamlakat chempioniga aylantiradi.
Krishtianu Ronalduning “Yuventus” safidagi eng chiroyli gollari va driblinglari
Mavzuga doir:
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)