Taniqli mutaxassis Sergey Lushchan Samarqandning “Dinamo” klubi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
11-iyul kuni “Dinamo” rahbariyati va jamoa a’zolari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, unda Lushchan klubning yangi bosh murabbiyi sifatida tanishtirilgan. Mutaxassisga “Dinamo”ni Superligaga olib chiqish sharti qo‘yilgan.
10-iyul kuni “Dinamo” bosh murabbiyi Ravshan Ahmedov iste’foga chiqarilgandi.
Ma’lumot uchun, Lushchan undan avval “Bunyodkor” (2014—2017) va “So‘g‘diyona” (2018—2019) klublarida bosh murabbiy bo‘lib faoliyat yuritgan.
“Dinamo” ayni damda Pro-Ligada ishtirok etmoqda. Samarqandliklar jamoasi ortda qolgan ikki turda birorta ham ochko to‘play olmadi. Shuningdek, “Dinamo” O‘zbekiston Kubogi musobaqasini ham tark etdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)