Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoyning janubiy va sharqiy prefekturalarida ro‘y bergan kuchli suv toshqinlari oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va vayronagarchiliklar yuzaga kelgani munosabati bilan Xitoy raisi Si Szinpinga hamdardlik maktubi yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilgan.
Mirziyoyev o‘z maktubida halok bo‘lganlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirib, jarohat olganlarga salomatlik tilagan.
Avval Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyada ro‘y bergan suv toshqinlaridan aziyat chekkan aholiga hamdardlik bildirib, bosh vazir Sindzi Abega maktub yo‘llagani xabar qilingandi.
Yaponiyaning Kumamoto va Kagosima prefekturalarida suv toshqini yuz bergan, dastlab 16 kishining tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lgani xabar qilingan, keyinchalik qurbonlar soni 52 kishigacha ko‘paygan, jami 203,2 ming nafar aholi uylaridan evakuatsiya qilingandi.
Izoh (0)