• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    2-iyul – dirijabl ilk bor havoga muvaffaqiyatli ko‘tarilgan sana

    Tarixda ilk bor muvaffaqiyatli parvoz qilgan dirijabl 1900-yilning 2-iyul sanasida Germaniyada graf Ferdinand fon Zeppelin boshchiligida havoga ko‘tarilgan. “Daryo” sana munosabati bilan qiziqarli faktlarni keltiradi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Yaqindagina insoniyat tarixidagi ilk havo sharlarining parvozi haqida hikoya qilgan edik. Havo sharlari yengil gaz vositasida osmonga ko‘tariladi. Lekin ularning katta bir muammosi bor: havo sharlari shamol qayoqqa olib ketsa, o‘sha yo‘nalishda ketaveradi va ularda manyovr qilish, kerakli yo‘nalishni tanlash imkoni juda kam bo‘ladi.

    Lekin havo shariga uni ko‘taruvchi yengil gazdan tashqari, biroz yoqilg‘i zahirasi hamda motor o‘rnatilsa, unda yengil gaz vositasida muayyan balandlikka chiqib olgach, uni boshqarib, kerakli tomonga uchish mumkin bo‘ladi. Bunday boshqariladigan havo sharlari dirijabl deyiladi. Bu atama ma’nosining o‘zi ham “boshqariluvchi” degani bo‘ladi. Siz orkestrni boshqaradigan shaxs – dirijyor deyilishini eslagan bo‘lsangiz kerak va ushbu so‘zlarning o‘zagi bir ekaniga e’tibor qaratdingiz deb o‘ylayman.

    Tarixda ilk bora muvaffaqiyatli parvoz qilgan dirijabl 1900-yilning 2-iyul sanasida Germaniyada graf Ferdinand fon Zeppelin boshchiligida havoga ko‘tarilgan. Xuddi Uilyam Boing haqidagi hikoyamizda aytilganidek, o‘sha zamonlarda uchuvchi apparatlarni, asosan, ko‘l singari keng maydonli ochiq suv havzalaridan uchirishgan. Graf Zeppelin ham o‘z dirijablini yasash va havoga ko‘tarish uchun Germaniyadagi Baden ko‘li sohilidagi qalqib turuvchi yig‘ish ustaxonasidan foydalangan.

    Chunki bu paytda graf o‘z jamg‘armasini deyarli butunlay ushbu loyihaga, ya’ni dirijabl yasashga sarflab bo‘lgan edi va biror joydagi yirik keng maydonni ijaraga olgani puli qolmagandi. Shunga qaramay, u o‘zi LZ1 deb nom bergan, uzunligi 128 metr bo‘lgan ilk dirijablni yasashga muvaffaq bo‘ldi. LZ1 – Luftschiff Zeppelin’ning birinchi harflaridan olingan atama bo‘lib, o‘sha dirijablga Daimler korxonasida ishlab chiqarilgan, 14 ot kuchiga ega dvigatel o‘rnatilgan.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Dirijabl posangi vositasida havoda muvozanat saqlagan. Uni yasash uchun graf deyarli bir yil vaqtini sarflagan. Nihoyat 1900-yilning 2-iyulida u o‘sha Baden ko‘lida graf o‘zining LZ1 dirijablini sinov tariqasida havoga ko‘tarishga qaror qiladi. Birinchi parvoz muvaffaqiyatli chiqqan deyish qiyin.

    U atigi 18 daqiqa davom etgan va posangilardan biri sinib ketgani tufayli tezkor ravishda qaytib qo‘nishga majbur bo‘lgan. Shunga qaramay, bu parvoz – dirijabllar konsepsiyasining yashashga haqli ekanini ko‘rsatib berdi va ixtirochilarda keyingi texnik takomillashtirishlar orqali g‘oyani rivojlantirishga katta rag‘bat uyg‘otdi.

    Dirijabllar juda katta o‘lchamlarga ega bo‘lgan. Buning sababi uning ichi vodorod bilan to‘ldirilishi kerak edi va foydali yukni ko‘tara oladigan darajada bo‘lishi uchun dirijablga juda katta hajmda vodorod olish kerak bo‘lgan. Shu sababli dirijabllarning gaz kamerasi hajmi 1 900 m3 va undan yuqori bo‘lib, ularning hajmi o‘sha zamonning eng baland binolaridan ham katta bo‘lgan.

    Graf  Zeppelin o‘z dirijablini zaruriy ta’mirdan o‘tkazgach, oradan bir necha kun o‘tib, yana bir bora parvozga chiqadi va bu safar barqaror parvozni amalga oshirib, o‘z mamlakatida katta shov-shuvga sabab bo‘ladi. Uning dirijabli loyihasiga birinchi navbatda harbiylar darhol qiziqib qolgan. Lekin shunday bo‘lsa-da, o‘z konstruksiyasiga ko‘ra, dirijabllarni yig‘ish va sotish uchun zaruriy investitsiyalarni Zeppelin bir necha yil kutishiga to‘g‘ri kelgan.

    1906-yildan boshlab uning yanada takomillashgan dirijabllariga bo‘lgan talab harbiylar orasida ham, tijorat parvozlari ishqibozlari orasida ham keskin orta boshlaydi. Taxminan shu yillardan boshlab odamlar ushbu uchar vositalarni “dirijabl” deb emas, balki “zeppelin” deb ham atay boshlaydi. Hatto hozirda ham konstruksiyasi graf Zeppelin konsepsiyasiga ko‘ra yig‘ilgan dirijabllarni “zeppelinlar” deyiladi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Buning sababi esa oddiy. Zeppelin dirijabllari sakkiz tonnagacha foydali yuk bilan parvoz qila olgan va tarixda ilk bora shaharlararo havo transporti vositasi vazifasini bajara boshlagan. Xususan, 1910-yilga keliboq Germaniyada Dyusseldorf-Fridrixsxafen shaharlari orasida muntazam dirijabl qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi.

    1930-yillargacha bunday dirijabllarga bo‘lgan qiziqish jahonning rivojlangan mamlakatlarida juda yuqori bo‘lgan. 30-yillarda Buyuk Britaniya, AQSh, Italiya va Fransiyada dirijabl yasash nihoyatda istiqbolli yo‘nalish sanalib, hatto uni sanoat miqyosigacha olib chiqmoqchi bo‘lishgan. O‘sha paytlarda eng mukammal va ulkan dirijabllar Germaniyada ishlab chiqarilgan va nemislar bu sohada jahonda yetakchilik qilgan. Yevropaning yirik shaharlari orasida dirijabl qatnovlari ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, butun ko‘hna qit’a bo‘ylab 150 dan ziyod dirijabl parvoz qilgan.

    Yuqorida ham aytilganidek, bunday dirijabllar juda ulkan o‘lchamlarga ega bo‘lib, ularning ba’zilari o‘sha davrning eng baland binolaridan ham katta bo‘lgan. Ulkan vodorod miqdori joylashtirilgan katta hajmli sig‘im ostida yo‘lovchilar joylashadigan alohida kabina (bort) bo‘lgan. Vodorod sig‘imiga qaraganda, ushbu bortning hajmi deyarli sezilarsiz kichik bo‘lgan. Shunga qaramay, 30-yillarning o‘rtacha kattalikdagi dirijabllari ham o‘z bag‘riga 100 nafarga yaqin yo‘lovchini olib parvoz qila olgan.

    Ayniqsa, ixtirochining nomi bilan atalgan “Graf Zeppelin” nomli dirijabl muntazam transatlantik yo‘lovchi tashish parvozlarni yo‘lga qo‘ygach, dirijabllarga bo‘lgan qiziqish va talab keskin orta boshlagan. “Graf Zeppelin” tarixan eng mukammal dirijabl bo‘lgan deb ham e’tirof etiladi. Aynan u 1929-yilda ilk bora Yer sharini parvozda aylanib chiqqan edi va o‘shanda o‘rtacha 115 km/soat tezlik bilan, 20 kun mobaynida dunyo bo‘ylab sayohatni amalga oshirgan.

    Biroq vodorod haqida yaxshi biladiganlar bu gazning yonish va portlash xavfi yuqori ekanini ham, albatta, yaxshi bilishadi. Dirijabllarning gaz kamerasi vodorod bilan to‘ldirilgani bois uning bortida olov chiqarish, chekish va hatto uchqun chiqarish ehtimoli bor bo‘lgan kiyim kiyish taqiqlangan bo‘lgan. Xullas, dirijabllarda yong‘in xavfsizligi eng yuksak darajada ta’minlanishi shart bo‘lgan. Hattoki, poyabzalining tagcharmi mix bilan qoqilgan yo‘lovchilar parvozga qo‘yilmagan. Mix metalldan yasalgani bois boshqa qattiq jism bilan keskin to‘qnashsa, uchqun chiqish xatari mavjud edi...

    Shu darajada kuchli yong‘in xavfsizligi choralari ko‘rilganiga qaramay, 1937-yilda aynan uchqun tufayli “Gindenburg” dirijabli qo‘nish chog‘ida halokatga uchragan. 6-may sanasida o‘sha paytning eng ulkan dirijabli bo‘lgan “Gindenburg” Germaniyadan AQShga transatlantik parvozni amalga oshirib, qo‘nishga hozirlanayotgan paytida yonib ketgan... Voqea Nyu-Jersi shtatining Leykxors uchish-qo‘nish maydonchasida sodir bo‘lgan.

    Dirijabl bortida chiqqan yong‘in atigi bir necha soniya ichida butun konstruksiyani qamrab olib, 36 nafar insonning o‘limiga sabab bo‘lgan. Fojia o‘sha payda dirijabl haqida kinoxronika tasvirlarini hozirlash uchun avvaldan tayyor turgan operator tomonidan tasvirga tushirilgan edi. Operator, aslida, “Gindenburg”ning qo‘nishini va undan baxtiyor yo‘lovchilar tushib kelishini tasvirga tushirmoqchi edi. Biroq uning kamerasi insoniyat tarixidagi eng katta fojialardan birini tarixga muhrladi.

    Gindenburg fojiasi

    “Gindenburg” fojiasi tasvirlari bir necha oy ichida butun jahonni aylanib chiqdi va odamlar ongida dirijabllarga bo‘lgan ishonchning uzil-kesil yo‘qqa chiqishiga sabab bo‘ldi. O‘shandan buyon jahonning hech bir mamlakatida birorta ham bunday katta dirijabl yasalmagan va dirijabllar yo‘lovchi tashish maqsadlarida qo‘llanilmay qo‘ygan. Havo parvozlari bilan yo‘lovchi tashish sohasini esa to‘laligicha samolyotlar egalladi...

    Muzaffar Qosimov tayyorladi.

    03.07.2020, 08:12   Izoh (0)   33215
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Saratonni davolashning yangi usuli topildi

    02.07.2020, 21:56

    Italiyadagi shaharchalarning birida koronavirusga chalinganlarning 40 foizida kasallik belgisiz o‘tgani aniqlandi

    01.07.2020, 18:26

    Xitoyda cho‘chqa grippining yangi shtammi aniqlandi. U yangi pandemiyani yuzaga keltirishi mumkin

    01.07.2020, 06:07

    Olimlar koronavirus inson organizmining yana qaysi organiga zarar yetkazishini ma’lum qildi

    29.06.2020, 18:13

    Olimlar: Koronavirusdan tuzalgan bemorlarda bir nechta yangi kasalliklar paydo bo‘ladi

    28.06.2020, 18:28

    Britaniyada saratonning davolab bo‘lmaydigan shakliga qarshi dori vositasi yaratildi

    27.06.2020, 21:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.