• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Texnologiyalar

    Uilyam Edvard Boingning aviatsiyadagi muvaffaqiyati. 29-iyun – ilk Boeing samolyoti havoga ko‘tarilgan kun

    1916-yilning 29-iyun sanasida ilk Boeing samolyoti havoga ko‘tarildi. “Daryo” hozirda butun dunyoni zabt etgan yirik aviakonstruktorlik kompaniyasining dastlabki muvaffaqiyati haqida hikoya qiladi.

    “O‘zi yetishgan” aviakonstruktor Uilyam Edvard Boing 1881-yilda Detroytda, nemis emigrantlari oilasida tug‘ilgan. U avvaliga Yel universitetida o‘qishni boshlab, keyinchalik Sietlga ko‘chib ketgan va u yerda otasi singari yog‘och biznesi bilan shug‘ullangan. Boing o‘sha paytlarda endi-endi yuzaga kelayotgan aviatsiya sohasiga qattiq qiziqib qoladi va birinchi marta 1910-yilda Los-Anjelesda o‘tkazilgan aviatsiya yutuqlari namoyishida qatnashib, yanada ishtiyoqi ortib ketadi.

    Uilyam Edvard Boing.

    Uilyam Edvard Boing.
    Foto: Wikipedia

    Shunda u do‘sti harbiy muhandis Konrad Vesterveld bilan birga o‘zining konstruksiyasiga ko‘ra yig‘iladigan samolyotini yasashga qaror qiladi. U o‘zi yog‘och biznesi bilan shug‘ullangani bois samolyot yasash uchun materiallardan kamchilik sezmas edi (dastlabki samolyotlarning ko‘p qismi yog‘ochdan tayyorlangan). Qolaversa, Sietl chetidagi Union ko‘li yonidagi yaqinlariga tegishli qayiq yasash sexi ham ixtirochining ixtiyorida bo‘lgan.

    O‘ninchi yillarda hali samolyotlar uchun aerodromlar bo‘lmagan. Aviakonstruktorlar samolyotlarni suvdan uchadigan va suvga qo‘nadigan qilib, ya’ni gidroplan tarzida loyihalashgan. Chunki faqat yirik suv havzalarigina uchish-qo‘nish uchun mos sharoitli ochiq maydonlarni taqdim qila olgan. Boing ham o‘zining ilk samolyotini gidroplan tarzida loyihalagan va unga B&W (Model-1) nomini bergan.

    Bu shunchaki samolyotni yasagan ustalarning familiyasi, ya’ni Boing va Vesterveld (inglizchada bu familiya “W” bilan yoziladi) familiyalarining birinchi harflaridan iborat nom bo‘lgan. Model-1 qanotlari uzunligi 15,85 metr, maksimal yuklama massasi 1 270 kg bo‘lgan, yog‘och korpusli, ikki kishilik, qo‘shqanotli samolyot bo‘lgan. Samolyotga 125 ot kuchiga ega dvigatel o‘rnatilgan bo‘lib, u 121 km/soat maksimal tezlikka erisha olgan. Kreyser tezligi esa 108 km/soatni tashkil qilgan.

    Foto: Wikipedia

    Qayiq yasash sexida Model-1 ni yig‘ib bo‘lgach, 29-iyun sanasida uni amaliy parvozda sinab ko‘rish uchun Boing professional uchuvchini taklif qiladi. Biroq uchuvchi aytilgan vaqtga yetib kelmagan. Shunda aviakonstruktor Boing ishtiyoqini ichiga sig‘dira olmay, uchuvchini kutmasdan shturvalga o‘zi o‘tiradi va samolyotni havoga ko‘taradi. O‘zi yiqqan ilk samolyotni o‘zi birinchi bora parvozga olib chiqqan muhandis sinov parvozini juda muvaffaqiyatli bajarib, yana qaytib ko‘lga qo‘ngan.

    Boing ajoyib muhandis bo‘lish bilan birga, uzoqni ko‘ra oladigan biznesmen ham edi va u aviatsiya sohasining istiqbolini yaxshi tushunardi. Shu sababli u havaskor aviatsiya bilan cheklanib qolmasdan, kelajakda samolyotlarni yig‘ish va sotish bilan shug‘ullanishi ko‘zda tutilgan aviatsiya kompaniyasiga asos solgan. Dastlabki paytlarda uning firmasi The Pacific Aero Products Company deb nomlangan. Unga Boing o‘z mablag‘lari hisobidan 100 ming AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritgan va samolyotlar uchun buyurtmalar qabul qilishni boshlagan.

    O‘sha paytlarda Yevropada Birinchi jahon urushi bormoqda edi va urushayotgan taraflar ushbu kompaniyaga harbiy samolyotlarni buyurtma qilinishi kutilgan edi. Biroq urush ko‘p o‘tmay yakunlanadi va endi ko‘pchilik Boing samolyotlari xaridorsiz qolib, firmasi kasodga uchraydi deb o‘ylashni boshlagan. Biroq zehnli shaxs bo‘lgan Uilyam Boing samolyotlar nafaqat harbiy sohada, balki boshqa maqsadlarda, masalan, shaharlararo pochta tashish yoki yo‘lovchi tashish uchun qo‘llanishi mumkinligini ko‘rsatib beradi.

    Foto: Google Photos

    1917-yilda u kompaniya nomini The Boeing Company tarzida o‘zgartirib, hozirda hammamiz yaxshi taniydigan dunyodagi eng yirik aviatsiya kompaniyasiga asos soladi. O‘sha paytda u 300 nafar ishchini ish bilan ta’minlagan edi. Dastlab bu kompaniyaga harbiy dengiz floti tomonidan 50 ta gidrosamolyotga buyurtma berilgan. Biroq keyinchalik boshqa buyurtmalar tushmay qolgani uchun kompaniya inqirozga yuz tuta boshlagan. Mohir muhandis bo‘lish bilan birga juda ziyrak rahbar hamda xodimlarining ijtimoiy ahvoli haqida ham qayg‘uradigan inson bo‘lgani uchun Uilyam Boing o‘z kompaniyasini kasodga uchramasdan oyoqda turib qolishini ta’minlashning ajoyib yo‘llarini izlab topa olar edi.

    U samolyotga buyurtmalar yo‘q bo‘lgan, ya’ni asosiy ishdan daromad kelmay turgan paytlarda ishlab chiqarish jarayonini yog‘och mebellar tayyorlashga, qayiq yasab sotishga va hatto kiyim-kechak tikishga ham moslay olardi va shu orqali ishchilarni muntazam maosh bilan ta’minlab, korxonaning potensialini saqlab turardi. Tez orada u pochta firmalari bilan pochtachi samolyotlarni yetkazib berish uchun katta buyurtma shartnomasini tuzishga muvaffaq bo‘ladi. 1919-yilda u ilk bora Boeing Model-5 pochtachi samolyotida Kanadadan Sietlga xat va banderollarni eltib berishni tashkillaydi va shu orqali xalqaro aviapochta zamonasini ham boshlab beradi.

    Endi ixtirochi asosiy e’tiborini fuqaro aviatsiyasini barpo qilishga qaratadi va 1929-yilda uch motorli, Model-80 yo‘lovchi samolyotini sotuvga chiqaradi. 12 kishini joylashtira oladigan mazkur samolyot, hozirda ham butun dunyo osmonini va aeroportlarini zabt etib kelayotgan minglab Boing samolyotlari oilasining eng kattasi, “bobosi” bo‘lgan desak mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Bu paytga kelib Boingning Sietldagi zavodida 800 dan ziyod ishchi ishlagan va kompaniya samolyotlarni yasab sotishdan tashqari, AQShning yirik shaharlarida aeroportlar, uchuvchilarni tayyorlaydigan o‘quv markazlari hamda boshqa infrastruktura obyektlarini qurish bilan ham shug‘ullangan.

    Foto: Google Photos

    Keyinchalik, 1934-yilda Uilyam Boing o‘z kompaniyasini ishonchli qo‘llarga – shogirdlariga topshirib, nafaqaga chiqib ketdi. U asos solgan aviatsiya giganti esa butun dunyo osmonini zabt etishni allaqachon boshlab yuborgandi. Hatto Ikkinchi jahon urushi boshlanib, harbiy samolyotlarga talab keskin ortib ketgan paytda ham Boing o‘z zavodiga qisqa muddatga qaytgan xolos. Barchasi ishonchli qo‘llarda ekaniga amin bo‘lgach, boshqaruvga aralashmaslik va “aqllilik qilib” hammani jig‘iga tegmaslik uchun korxonadan yana tezda ketgan. Umrining qolgan qismini esa zotdor otlarni parvarishlash bilan o‘tkazgan.

    Hozirda Boing zavodi yiliga yuzlab samolyotlarni buyurtmachilarga yetkazib bermoqda. Uning ayniqsa, 747, 737 va 767 modellari ko‘plab aviakompaniyalarda aviaparkning asosini tashkil qiladi. Boeing 787-Dreamliner esa hozirgi payt aviatsiya sohasidagi eng ilg‘or zamonaviy model hisoblanadi.

    29.06.2020, 15:09   Izoh (0)   44431
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Apple’ning “aqlli” ko‘zoynagi qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

    27.06.2020, 14:30

    Sun’iy intellektga ega robot fantastik filmda bosh rolni ijro etadi

    26.06.2020, 21:26

    Apple iOS 14’ga himoya niqoblariga ega Memoji’larni qo‘shadi

    25.06.2020, 20:26

    Google asoschisining harbiylardan iborat maxfiy bo‘linmasi mavjudligi ma’lum bo‘ldi

    25.06.2020, 17:58

    Dunyodagi eng kuchli superkompyuter nomi ma’lum bo‘ldi

    25.06.2020, 14:45

    Xiaomi ovozli yordamchiga ega kompyuter sichqonchasini yaratmoqda

    24.06.2020, 23:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.