Ushbu shirinlikni yaxna holida iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Foto: Lifehacker

Quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

  • tuxum — 2 dona;
  • un — 30 gr;
  • kakao — 10 gr;
  • kefir yoki qatiq — 160 ml;
  • “razrixlitel” — 1 choy qoshiq;
  • suv — 50 ml;
  • shakar — 40 gr;
  • sut — 30 ml;
  • tuxum sarig‘i — 1 dona.
  • jo‘xori kraxmali — 20 gr.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Tuxumni chaqib, tuz va shakar bilan aralashtiring.
  • Kefirga “razrixlitel” qo‘shib idishga soling.
  • Un, kakao va oxirida suv qo‘shib, aralashtirishda davom eting.
  • Aralashmani tovada pishirib oling.
  • Krem uchun sutga kraxmal, shakar va tuxum sarig‘ini qo‘shib, o‘rtacha olovga qo‘yib pishiring.
  • Quyuqlashmagunicha aralashtirishdan to‘xtamang.
  • Quymoqlarga krem surtib, ustma-ust taxlab chiqing.
  • Rulet shaklida o‘rang.
  • Ruletni qandolat sellofaniga o‘rab, bir kecha muzlatkichga qo‘ying.

Yoqimli ishtaha!