So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12175.07
    • RUB 125.42
    • EUR 12831.31
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    Qozog‘istonda koronavirus qurbonlari soni 150 kishiga, Qirg‘izistonda esa 46 kishiga yetdi

    27.06.2020, 11:06 24381

    Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 569 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Mamlakat bo‘ylab kasallar sonining ortishi 2,9 foizni tashkil etmoqda. Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi hududlarda aniqlangan:

    • Nur-Sulton shahri — 47 (1,3 foiz);
    • Olmaota shahri — 73 (2,1 foiz);
    • Chimkent shahri — 58 (3,9 foiz);
    • Aqmo‘la viloyati — 20 (4,8 foiz);
    • Aqto‘be viloyati — 33 (4,6 foiz);
    • Olmaota viloyati — 17 (2,6 foiz);
    • Sharqiy Qozog‘iston viloyati — 40 (6,6 foiz);
    • Jambil viloyati — 13 (2 foiz);
    • G‘arbiy Qozog‘iston viloyati — 40 (3,1 foiz);
    • Qarag‘anda viloyati — 48 (2,3 foiz);
    • Kostanay viloyati — 31 (7,4 foiz);
    • Qizilo‘rda viloyati — 11 (1,8 foiz);
    • Mang‘istov viloyati — 5 (1,1 foiz);
    • Pavlodar viloyati — 37 (6,2 foiz);
    • Shimoliy Qozog‘iston viloyati — 37 (12,3 foiz);
    • Turkiston viloyati — 59 (8,3 foiz).
    Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 20 319 kishiga yetgan. Hozirga qadar 12 548 kishi sog‘aygan, 150 kishi virus qurboniga aylangan. Shuningdek, 14 548 kishi koronavirusni belgisiz tashuvchi sifatida qayd etilgan.

    Mavzuga doir: Olmaota viloyati hokimida ham koronavirus aniqlandi

    Qirg‘izistonda 27-iyun holatiga ko‘ra, yana 309 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, Kloop xabar berdi.

    Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 118 nafari Bishkek shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, quyidagi hududlarda ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar qayd etilgan:

    • Chuy viloyati — 23;
    • O‘sh viloyati — 39;
    • O‘sh shahri — 94;
    • Jalolobod viloyati — 19;
    • Issiqko‘l viloyati — 5;
    • Botken viloyati — 3;
    • Talas viloyati — 3;
    • Norin viloyati — 5.
    O‘tgan bir sutka ichida 50 kishiga shifoxonalardan javob berilgan.

    Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 4513 kishiga yetdi, ularning 46 nafari virus qurboniga aylangan. Hozirga qadar 2255 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

    Mavzuga doir: Qirg‘iziston prezidenti So‘ronboy Jeenbekov 2 nafar xodimida koronavirus aniqlangani sababli 3 kun davomida o‘zini izolyatsiya qiladi

    Afg‘onistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 276 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tolo News.

    Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 30 451 kishini tashkil etmoqda.

    Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusdan hozirga qadar 10 306 bemor davolanishga muvaffaq bo‘ldi. O‘tgan bir sutkaning o‘zida 132 kishi sog‘aygan. Umumiy hisobda 638 kishi kasallik oqibatida vafot etgan. Hozirga qadar Afg‘onistonda koronavirusga qarshi 69,5 mingdan ortiq test o‘tkazilgan.

    Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 5747 kishiga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”. O‘tgan sutka davomida yana 56 kishida koronavirus aniqlangan.

    Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 62 kishiga shifoxonadan javob berilgan. Tojikistonda hozirga qadar 52 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 4331 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirda koronavirusga chalingan 286 nafar bemor shifokorlar nazorati ostida qolmoqda.

    Mavzuga doir: Tojikiston 1-iyuldan O‘zbekiston va BAA bilan aviaqatnovlarni qayta tiklaydi

    O‘zbekistonda 27-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7490 kishiga yetdi. Mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalingan 5038 nafar fuqaro sog‘aygan, hozirga qadar 20 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin “Vagner” komandiri bilan uchrashuv o‘tkazdi: ular nimani gaplashdi?

    Bugun, 14:13

    “Qo‘rg‘on sirlari”: turk melodramasi bosh qahramonlarini o‘ynagan aktyorlarning shaxsiy hayoti qanday kechdi?

    Bugun, 13:41

    O‘zbekistonda avgust oyida YTHlar oqibatida 300 kishi halok bo‘ldi

    Bugun, 13:36

    O‘zbekistonda o‘qituvchilarning huquqlari qatʼiy belgilangan qonun Senat tomonidan ma’qullandi

    Bugun, 13:16

    Zinedin Zidan murabbiylik postiga qaytmoqda. Mutaxassis fransuz klubini boshqaradi

    Bugun, 13:15

    Qirg‘izistonda davlat bayrog‘ini o‘zgartirish taklif qilindi (foto)

    Bugun, 13:11

    Kuz mavsumining inson salomatligi uchun foydali bo‘lgan meva va sabzavotlari

    Bugun, 12:59

    Davlat xaridlaridagi “o‘yinlar”: til biriktirish, raqobatga zid tenderlar, belgilangan tartiblarni buzish

    Bugun, 12:16

    O‘zbekistonda dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo e’lon qilindi

    Bugun, 11:43

    Dambldor, Hagrid, Malfoy va “Garri Potter”ning hayotdan ko‘z yumgan boshqa qahramonlari (foto)

    Bugun, 11:34

    Tavsiya etamiz

    “Mazlum har doim mazlum bo‘lib qolaveradi va bu mazlumlik avlodlar kayfiyatida qayta-qayta takrorlanaveradi...” — “Oresteya” tragediyasi haqida

    23:00 / 28.09.2023

    Sergelidagi portlash, kitob o‘qiyotgan “Tolibon” jangchisi, yoppasiga o‘lgan baliqlar — 28-sentabr suratlari

    23:00 / 28.09.2023

    Sergelidagi portlash: 15 yoshli bola vafot etdi, minglab xonadonlar zararlandi (foto, video)

    18:00 / 28.09.2023

    Pedagogika kollejining 9 yil avval yo‘qolgan talabalari, to‘ydagi yong‘inda halok bo‘lganlar, daryo qirg‘og‘iga kelib qolgan sport binosi — 27-sentabr suratlari

    23:00 / 27.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Shveysariya prokuraturasi Gulnora Karimovaga oid tergovni yakunladi

    21:00 / 28.09.2023

    Instagram: Farzand kutayotgan Yulduz Turdiyeva, Shahzod Sultonovning Feruza Normatovaga syurprizi, ona bo‘lgan Nigina Anorboyeva

    22:00 / 28.09.2023

    Sergelidagi omborxonada kuchli portlash ro‘y berdi: jarohatlanganlar bor (video)

    06:00 / 28.09.2023

    “Vaziyat to‘liq nazoratga olingan” — Toshkent hokimligi Sergelidagi portlash haqida

    09:00 / 28.09.2023

    Ukraina lageridagi rus harbiy asirlariga qanday taomlar beriladi?

    22:00 / 28.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.