Andijon xalqaro aeroportiga Zahiriddin Muhammad Bobur nomi berildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qilgan.
Bu haqda “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarorida qayd etib o‘tilgandi.
Bungacha 2017-yil may oyida Toshkent xalqaro aeroportiga Islom Karimov nomi berilgan.
Shu tariqa O‘zbekistonda tarixiy shaxs nomiga atalgan xalqaro aeroportlar soni 2 ta bo‘ldi, qolgan aeroportlar, asosan, joylashgan hududi nomi bilan faoliyat olib boradi.
Izoh (0)