Avstriyadagi Iogann Kepler universiteti olimlari yesa bo‘ladigan robotni yaratdi, deb yozadi Futurism.
Qurilma robotlashtirilgan fil xartumidan iborat. U bukiladi va buyumlarni ushlay oladi. Xartumning ustki qismi yesa bo‘ladigan geldan ishlangan.
Gel tarkibiga glitserin aralashtirilgan jelatin kiradi. Aynan u qurilmaga yumshoq va namlanuvchan bo‘lish imkonini beradi. Uning tarkibida, shuningdek, “bakteriyalar yoqtirmaydigan” limon kislotasi mavjud.
Robotning geli, taxminan, bir yil qurimaydi. U 330 ming marta bukilib, to‘g‘rilana oladi, shundan keyingina uning elastikligi kamayishi mumkin. Agar xartum chiqindiga tashlab yuborilsa, u vaqt o‘tgan sari parchalanadi.
Ixtiro mualliflaridan biri Martin Kaltenbrunnerning aytishicha, yangi ishlanmani, masalan, veterinariyada ishlatish mumkin.
Shu tariqa hayvonlarni adashtirib, ularga ichiga dori solingan robotni yedirish mumkin.
Izoh (0)