“Liverpul” himoyachisi Virjil van Deyk klub bilan shartnomani uzaytirishga tayyorlanmoqda, deya xabar bermoqda The Sun.
Manbaga ko‘ra, futbolchi “Liverpul”da qolish uchun PSJ taklifini rad etgan. Van Deyk yanada yaxshilangan shartlar asosida “qizillar” bilan yangi, besh yillik shartnoma imzolash niyatida. Yangi kelishuvga ko‘ra, uning maoshi haftasiga 245 ming yevroni tashkil qiladi. Hozir van Deyk haftasiga 200 ming yevro maosh oladi.
Shu tariqa, agar van Deyk shartnomani uzaytirsa, “Liverpul” tarixidagi eng ko‘p maosh oladigan futbolchiga aylanadi. Misrlik hujumchi Muhammad Salohning maoshi esa haftasiga 222 ming yevroni tashkil qiladi.
Niderlandiya terma jamoasi futbolchisi 2018-yilning yanvar oyidan beri “Liverpul”da o‘ynab kelmoqda. Bungacha u “Sauthempton”, “Seltik” va “Groningen” klublarida to‘p surgan. Uning ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023-yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Mavzuga doir:
- Virjil van Deyk 20 yoshida vasiyatnoma yozganini tan oldi. Uning hayoti xavf ostida bo‘lgan
- Madrid qizil rangga bo‘yalgan kun. Bundan bir yil avval “Liverpul” Chempionlar Ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgandi (fotogalereya)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)