FIFA reglamentga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritilishini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, tashkilot futbolchilarga bir mavsum davomida uchta klubda o‘ynashga ruxsat beradi. Ushbu qaror koronavirus infeksiyasini hisobga olib, futbolchilar orasida ishsizlik darajasi oshib ketmasligi uchun qabul qilindi.
Ta’kidlash joizki, bungacha FIFA qoidalariga ko‘ra, futbolchi bir mavsum davomida rasmiy o‘yinlarda faqat ikki klub nomidan chiqishi mumkin edi.
Bundan tashqari, futbol assotsiatsiyalariga ma’lum shartlar asosida 2019/20-yilgi mavsum oxiriga qadar 2020/21-yilgi mavsum uchun birinchi transfer oynasini ochishga ham ruxsat berildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)