“Barselona” sobiq hujumchisi Samyuel Eto’O Kataloniya klubi forvardi Lionel Messining o‘yiniga yuqori baho berdi.
“Leo — futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchi. Men har doim Messi bilan maslahatlashgan holda yangi o‘yinchilarni tanlagan bo‘lardim, shunda u yonida kimni ko‘rishni istayotgani aniq bo‘lardi.
Messiga yordam berib turish kerak. Hozir Leo 25 yoshli yigit kabi ko‘p yugura olmaydi, ammo ba’zida buni uddalayapti. Biz “Barselona” muxlislari, Messining o‘yindan zavqlanishi uchun uni kuchli futbolchilar bilan ta’minlashimiz zarur. Leo 70 yoshgacha o‘ynashi kerak, shunda biz uning futbolidan imkon qadar ko‘proq zavq olgan bo‘lardik”, — deydi Eto’O.
Ma’lumot uchun, Messining hisobida 6 ta “Oltin to‘p” sovrini bor, Krishtianu Ronaldu esa bu sovrinni 5 marta qo‘lga kiritgan. Futbol tarixida boshqa hech kim bu sovrinni uch martadan ortiq qo‘lga kiritmagan.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)