• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Yangi dunyo boshlangan sana. Istanbul fath etilganiga 567 yil bo‘ldi

    1453-yil 6-apreldan 29-maygacha davom etgan bir yarim oylik qamaldan so‘ng sharqiy Rim — Vizantiya imperiyasining uzoq yillik poytaxti Konstantinopol Usmonli sultoni Fotih Mehmed II tomonidan zabt etildi. Shu tariqa Vizantiya imperiyasi tarix sahnasidan supurib tashlandi va yangi dunyo yaraldi, jahon siyosati va madaniyatida jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Bu yil mazkur voqeaga 567 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan “Daryo” yangi erani ochib bergan voqea haqida so‘z yuritadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Konstantinopol

    Milodiy 330-yilda Rim imperatori Konstantin I tomonidan qadimgi Bizans shahri ustida yangi shahar quriladi. Shaharga imperator nomi beriladi va Konstantin shahri ma’nosini beruvchi Konstantinopol deb nomlanadi. Shahar paydo bo‘lganidan to 1453-yilga qadar, ya’ni imperiya qulagungacha uning poytaxti vazifasini bajarib keladi. Shahar turklar tomonidan egallanganidan keyin uning nomi Istanbulga o‘zgartiriladi va u endilikda Usmonli saltanati poytaxti vazifasini bajaradi. Shahar xuddi Rim singari yetti tepalik ustida barpo qilingan bo‘lib, har bir tepalikda bittadan cherkov qurilgan edi. Ular keyinchalik shahar musulmonlar tomonidan egallangach masjidga aylantiriladi.

    “Qustantiniya, albatta, fath etilajak. Uning amiri qanday ham yaxshi amirdir! Bu qo‘shin qanday ham yaxshi qo‘shindir!”

    Ha! Musulmon sarkardalarni bu shahar sari undagan narsa aynan mana shu bashorat hadisdir. Ubaydulloh ibn Bishr al-G‘anaviy (r.a.)  rivoyat qilgan ushbu hadisga ko‘ra, Konstantinopol shahri musulmon sarkardalar tarafidan fath etilishi bashorat qilingan. Hadisda maqtalgan sifatlarga ega bo‘lishni istagan dastlabki musulmonlar bunday baxtga erisha olmagan. Jumladan, 673-yilda Ummaviy xalifaligi davrida musulmonlar qo‘shini hadis bashoratini ro‘yobga chiqarish uchun dengizdan kelib shaharni qamal qiladi. Vizantiya imperiyasining katta hududlarini qo‘lga kiritgan musulmon sarkardalar uning poytaxti Konstantinopolga ko‘z tikadi. 678-yilgacha qamal qilishlariga qaramay shaharni egallashni uddasidan chiqolmaydi va ortga qaytishga majbur bo‘ladi. Dengiz janglarida nomi chiqqan Vizantiya floti qarshisida ojiz qoladi. Aynan mana shu yurishda taniqli sahobalardan Abu Ayyub Ansoriy (r.a.) ham qatnashadi.

    Arablarning keyingi urinishi  717-yilning 15-avgustidan 718-yilning 15-avgustigacha davom etgan navbatdagi bir yillik qamal bo‘ldi. Unda ham yaxshi tayyorgalik ko‘rilganiga qaramasdan, kasallik, ochlik va vizantiyaliklarning olovli to‘plari qarshisida ojiz qoladi. Vizantiyaliklar arablarning 1800 ta kemasini vayron qilib tashlaydi va bu arablarning, arab qo‘mondonlarining Konstantinopol uchun so‘nggi urinishi bo‘ladi.

    1204-yilda to‘rtinchi salib yurishi paytida shahar yevropalik salibchilar tomonidan egallanadi va u 1261-yil Nikeya imperatori Mishel VIII Paleolog tomonidan qaytarib olingunga qadar salibchilar qo‘lida qoladi.

    Yuqorida ta’kidlanganidek, Konstantinopol shahrini egallash orzusi har bir musulmon sarkarda uchun asosiy vazifa edi. Chunki hadisda tilga olingan maqomga erishish ular uchun buyuk sharaf edi. Arab xalifaligi tugatilgan, Saljuqiy turklar zaiflashib, mo‘g‘ullar ta’siriga tushib qolgan, musulmon sarkadalar zaif holda turgan bir paytda Kichik Osiyoda yangi bir kuch paydo bo‘layotgan edi. Kichik bir qabiladan ulkan imperiya holiga aylangan Usmonli imperiyasi sultonlari Konstantinopol orzusiga erishishga kirishdi. XIV asr o‘rtalariga kelib, Usmonli saltanati Kichik Osiyoning deyarli barcha qismini egallab, Yevropaga qadam qo‘ygan edi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Keyingi 40 yil davomida Bolqon yarimorolini egallab, Konstantinopolni har tarafdan o‘rab qo‘ygan edi. Vizantiya imperiyasi poytaxt, Mistra shahri va Peleponnisdagi bir qancha kichik orolchalar bilan cheklanib qolgan edi. 1391-yilda Sulton Boyazid Yildirim shaharni egallashga urinib ko‘radi. Ammo 1396-yilda Vengriya qiroli Zigizmond salib yurishi e’lon qilishi oqibatida qamalni to‘xatishga majbur bo‘ladi (Ostrogorsky, Georges. Histoire de l’État byzantin. Paris, Payot, 1983 [1956]) va salibchilarni Nikopolis jangida mag‘lub etib, qamalni qayta davom ettiradi. Konstantinopol mustahkam devorlar bilan o‘ralgani sababli uning egallanishi qiyin kechdi.

    Vaziyatni osonlashtirish maqsadida Usmonli bir qator qal’alar qura boshlaydi. Shulardan biri Anadolu Hisor qal’asidir. 1402-yildagi Anqara jangida Boyazidning mag‘lubiyati va uning Amir Temur tarafidan asir olinishi shahar qamalini ortga suradi. Uning o‘limidan keyin boshlangan tushkunlik davrida taxt uchun Boyazid vorislari o‘rtasida kurash bo‘ladi va bu kurashlarda Mehmed Chalabiy g‘olib chiqadi va u imperator Manuel II bilan do‘stona aloqalar o‘rnatishga harakat qiladi. Uning vorisi va Mehmed II ning otasi Murod II 1422-yilda shahar qamalini qayta boshlaydi. Ammo u ham Konstantinopolni egallashga muvaffaq bo‘lmaydi. Mehmed II esa o‘z navbatini kutib turardi.

    Tarixiy sharoit

    Yuqorida aytilganidek, Vizantiya imperiyasi 1204-yilgi salib yurishlarida kuchli zarba qabul qildi. Konstantinopolning 1261-yilda qayta egallanishi ham ularga avvalgi mavqelarini tiklashga imkon bermadi. Vizantiya Kichik Osiyodagi turklar bosqinlari, Italiya respublikalarining dushmanliklari, ichki ziddiyatlar gidrobida yanada zaiflashib bordi. Bundan tashqari, XIV asrdan boshlab Vizantiya g‘arbni qiziqtirmay qo‘ydi. Paleologlar sulolasi o‘ziga hamkorlar izlay boshladi. Mo‘g‘ullar, genuyaliklar bilan hamkorliklar yo‘lga qo‘yilganiga qaramay, imperiya zaiflasha bordi. XIV asr oxiridan boshlangan Usmonli qamallari Konstantinopolni ham har taraflama siqib qo‘ydi. Faqatgina 1402-yilgi Anqara jangi biroz tin olishga imkon berdi.

    Imperiya obro‘si pasayishda davom etdi, iqtisodiy qiyinchiliklar imperatorni g‘arb bilan birlashish yo‘llarini izlashga majbur qildi. U ikki cherkovni birlashtirishni taklif qildi. Biroq bularning hech biri foyda bermadi. Shunday og‘ir sharoitda qolgan Konstantinopol eshiklari qarshisida 21 yoshli Sulton Fotih Muhammad (Mehmed) II turardi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Shaharning egallanishi va Vizantiya imperiyasining tugatilishi

    Mehmed II Usmonlining yettinchi sultoni edi va bu paytga kelib endigina 21 yoshga kirgandi. Ammo u shahar egallanishi uchun uzoq tayyorgarlik ko‘rdi. U yosh bo‘lishiga qaramay ancha tajribali strategiyaga ega edi. Konstantinopolni qamal qilishdan oldin bir qator strategik loyihalarni amalga oshirdi. Jumladan, Qora dengizdan Vizantiyaga yordamga keladiganlarning yo‘lini to‘sish maqsadida Rumeli Hisor qal’asini qurdirdi. Armiyani esa tengi yo‘q artilleriya to‘plari va harbiy kemalar bilan yetarlicha ta’minladi. Diplomatik salohiyatni namoyish etib, Vengriya, Valaxiya va Serbiya davlatlari bilan tinchlik shartnomalarini imzoladi.

    Imperator Konstantin XI esa Mehmedga qaraganda ancha tajribali bo‘lgani uchun ham shahar ahlining bor umidi undan bo‘ldi. Chunki ularga tashqaridan yordam kelishidan umid yo‘q edi. Jumladan, Sharqiy O‘rta Yer dengizidagi savdoda manfaatdorlik yuzasidan italiyaliklar yordamga kelmasdi. Dengiz savdo yo‘llari Usmonli tomonidan nazorat qilinar edi.  Faqatgina shaharda bor bo‘lgan venetsiyalik va genuyaliklargina yordam bera olishlari mumkin bo‘lgan. Papa esa bir nechta kamonchini yuborish bilan cheklandi, xolos. Shunday qilib shahar mudofaasi uchun besh ming grek va ikki ming nafar chet ellik himoyachi bor edi. Usmonli askarlari soni o‘sha zamon mualliflarida 150 mingdan 200 minggacha deb ko‘rsatilgan bo‘lsa, zamonaviy mualliflar 80 ming atrofida deydi.

    Shunday qilib, 1453-yilning 6-aprel kuni Konstantinopol qamali boshlandi va u 29-maygacha davom etdi. Uzoq davom etgan dengizdagi, quruqlikdagi qamaldan so‘ng shahar taslim qilinib, imperator Konstantin XI jangda halok bo‘ldi. 29-may kuni Fotih Konstantinopolga kirib bordi. Shundan buyon u yangi imperiyaning poytaxtiga aylandi. Konstantinopol Istanbulga o‘zgardi va Avliyo Sofiya ibodatxonasi masjidga aylantirildi. Istanbul 1923-yilgacha, ya’ni Usmonli saltanati qulatilgungacha Usmonli saltanati poytaxti sifatida qoldi. Yangi Turkiya Respublikasi esa Anqara shahrini o‘ziga poytaxt etib tanladi. Bu endi boshqa mavzu.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Fathning oqibatlari

    Konstantinopol fathi bir imperiyaning qulab, ikkinchisining boshlanishiga hamda Yevropada o‘rta asrlarning yakunlanishiga olib keldi. G‘arb shaharning egallanishini kuchli tushkunlik bilan kutib oldi. Bu amalda butun qadimgi xristian sharqida Islomning to‘liq o‘rnashganini anglatar edi.

    Konstantinopol fathi ko‘plab yunon olimlarining Italiyaga ketib qolishiga sabab bo‘ldi va bu o‘z navbatida ko‘plab ilmlarning g‘arbga yoyilishiga turtki berdi. Yevropa qirollari yangi salib yurishlariga chaqiriq bilan chiqa boshladi. Bu chaqiriqlar Papa Pi II zamonida kuchaydi. Uning vafotidan keyin esa bunday chaqiriqlarga barham berildi.

    Usmonli bundan buyon O‘rta Yer dengizning mutlaq hokimiga aylandi. Faqatgina Mehmed II ning vafoti sababli yuzaga kelgan taxt uchun kurashlar paytida Usmonlining g‘arbga xavfi kamaygandek ko‘rindi. Ammo hali g‘arbni Buyuk Sulaymon Qonuniyning fathlari kutib turar edi. Bunisi endi butunlay boshqa mavzu.

    Jahongir Ostonov tayyorladi.

    11.06.2020, 20:56   Izoh (0)   98524
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 500 ming kishidan oshib ketdi

    11.06.2020, 20:33

    JSST vakili Rossiyada koronavirus qurbonlari sonining kamligini noodatiy deb atadi

    11.06.2020, 18:12

    Italiyalik virusolog koronavirus zaiflashayotganini ma’lum qildi

    11.06.2020, 15:35

    Qozog‘iston va Qirg‘iziston chegarasidagi barcha nazorat-o‘tkazish punktlari ochiladigan bo‘ldi

    11.06.2020, 14:58

    AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 2 million kishidan oshib ketdi

    11.06.2020, 13:10

    AQSh Grenlandiyada konsullik ochdi. Avvalroq Tramp orolni sotib olmoqchi bo‘lgandi

    11.06.2020, 12:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Vyetnamdagi to‘fonda 5 kishi halok bo‘lib, 2 kishi bedarak yo‘qoldi

    Dunyo | 15 iyun, 23:34

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Bavariya” “Oklend Siti” darvozasiga javobsiz 10 ta gol urdi

    Sport | 15 iyun, 23:24

    “O‘zim ham xavotirdaman” — professor Zarifboy Ibodullayev ruhiy bemorlar bilan bo‘layotgan ayanchli holatlar haqida

    O‘zbekiston | 15 iyun, 22:42

    Superliga. “Nasaf” va “Dinamo”dan g‘alaba, “Surxon” — “Neftchi” bahsida hisob ochilmadi

    Sport | 15 iyun, 22:14

    Qozon va Nijnekamsk aeroportlari dron hujumi xavfi sababli vaqtincha yopildi

    Dunyo | 15 iyun, 21:56

    Turkiyada havo shari qulab tushdi

    Dunyo | 15 iyun, 21:25

    AQSHda mamlakat bo‘ylab 2 mingga yaqin joyda namoyish o‘tkazildi

    Dunyo | 15 iyun, 20:53

    Isroil harbiylari yordam markazlarida yana 23 nafar falastinlikni o‘ldirdi

    Dunyo | 15 iyun, 20:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.