Iroq terma jamoasi oktabr oyidagi FIFA kunida O‘zbekiston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishdan bosh tortdi.
Qatarda faoliyat yuritayotgan mutasaddi Alisher Nikimbayevning xabar qilishicha, Iroq terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets 8-oktabr kuni Toshkentda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish taklifini rad etgan.
Iroq 13-oktabr kuni Gonkong uyiga safar qiladi. O‘zbekiston va Gonkong orasidagi masofaning uzoqligi iroqliklarning rad javobiga sabab bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, oktabr oyidagi FIFA kunlaridan boshlab JCh—2022 musobaqasining saralash bahslari davom ettiriladi. 8-oktabr kuni 7-tur bahslari bo‘lib o‘tadi va unda O‘zbekiston terma jamoasi dam oladi. 13-oktabrda Vadim Abramov shogirdlari safarda Yaman bilan o‘ynaydi.
Mavzuga doir: O‘zbekiston terma jamoasi JCh—2022 saralashi doirasidagi o‘yinlarni qachon o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)