Fransiyaning Nitsse shahrida avval Jeyms Bond haqidagi filmlarda “agent 007” rolini ijro etgan aktyor Shon Konneri yashagan hashamatli villa sotuvga qo‘yildi. Dengiz bo‘yidagi ko‘chmas mulk 30 million yevroga baholangan, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Olti qavatli Le Roc Fleuri villasining umumiy maydoni bir necha ming kvadrat metrga teng bo‘lib, u O‘rta Yer dengizi ko‘rinib turadigan tepalikda joylashgan.
Qoyaning chuqur joyida qurilgan basseynli hududning o‘zi besh ming kvadrat metr maydonni egallaydi.
Lifti bo‘lgan villada sakkizta yotoqxona, SPA, trenajyor zali mavjud. Villa interyeri ar-deko uslubida bezatilgan.
Uy Monako va Kanndan 30 daqiqa piyoda yurish masofasida joylashgan.
Hozir Shon Konneri o‘z rafiqasi bilan Bagama orollarida yashaydi. Mahalliy aholi hozirgacha ushbu villani “Konnerining uyi” deb ataydi.
Izoh (0)