O‘zbekistonda 9-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 8 kishiga ko‘payib, 4448 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.
“Yangi kasallanish holatlarining barchasi Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan. Ushbu holatlar bo‘yicha epidemiologik surishtiruv ishlari davom etmoqda”, — deyiladi vazirlik axborotida.
Hozirda O‘zbekiston bo‘yicha 1073 nafar bemor davolanishni davom ettirmoqda — ulardan 8 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Ma’lumot uchun, shu vaqtgacha bemorlarning 3357 nafari sog‘aygan, 18 nafari esa kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.
Izoh (0)