• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Urushda vayron bo‘lgan Yevropa qanday tiklandi? Marshall rejasi tarixi

    1947-yilning 5-iyun sanasida Garvard universitetida nutq so‘zlagan AQSh davlat kotibi Jorj Ketlett Marshall Ikkinchi jahon urushida (1939—1945-yillar) iqtisodiyoti og‘ir ahvolga tushib qolgan Yevropa davlatlarini iqtisodiy tanglikdan qutqarish haqidagi rejasini bayon qildi. Mazkur reja tarixda Marshall rejasi nomi bilan muhrlanib qoldi. “Daryo” an’anaviy tarix ruknida ushbu tarixiy voqea va uning oqibatlari haqida hikoya qiladi.

    20 milliard dollarlik yordam rejasi

    Marshall rejasiga ko‘ra, AQSh hukumati Yevropa mamlakatlari moliyaviy yordamni to‘g‘ri ishlatsa va harakatlarni muvofiqlashtirishga rozi bo‘lsa, moliyaviy yordam berilishini nazarda tutardi. Jorj Marshall 1944-yilda AQSh armiyasining shtab qo‘mondoni sifatida Normandiyaga desant tushirilish harbiy amaliyotining ishlab chiqarilishida ham ishtirok etgan va urushdan so‘ng prezident Garri Trumen ma’muriyatida davlat kotibi lavozimiga taklif qilingan edi.

    Qo‘llarida Jorj Ketlett Marshallning plastinkaga yozilgan nutqini tutgan Genri Kissinjer va Angela Merkel.

    Qo‘llarida Jorj Ketlett Marshallning plastinkaga yozilgan nutqini tutgan Genri Kissinjer va Angela Merkel.
    Foto: Google Photos

    Davlat kotibi sifatida Jorj Marshall Garvard universitetidagi rejasini e’lon qiladi. Jorj Marshall o‘z nutqida shunday degandi: “Bizning siyosatimiz biror-bir siyosat yoki doktrinaga qarshi qaratilgan emas, aksincha, bizning siyosatimiz ochlik, qashshoqlik, umidsizlik va xaosga qarshi qaratilgan. Biz samarali jahon iqtisodiyotini, erkin demokratik institutlarning faoliyati uchun siyosiy va ijtimoiy sharoit yaratamiz”.

    Shu tariqa 1947-yilning 13-iyul sanasida Parijda 16 mamlakatning tashqi ishlar vazirlari maxsus konferensiya o‘tkazadi va shu konferensiyada AQSh taklif qilayotgan Yevropani tiklash dasturini olishni tasdiqlaydi. O‘sha kezlarda Yevropa urushdan keyingi inqiroz tufayli o‘ta og‘ir davrni boshidan kechirayotgandi. Dastlabki to‘rt yil mobaynida AQSh hukumati Marshall rejasiga muvofiq Yevropa mamlakatlariga 12,4 milliard dollar (hozirgi davrga qiyoslaganda 600 milliard dollarga yaqinroq mablag‘) miqdorida qaytarib olmaslik sharti bilan moliyaviy yordam ko‘rsatdi. Ajratilgan moliyaviy yordam, eng avvalo, sanoatni va infratuzilmani tiklash va modernizasiyalashga, Yevropa mamlakatlarining tashqi qarzini to‘lashga va aholini ijtimoiy himoya qilishga sarflandi.

    Bundan uch yil oldin Yevropa Ittifoqi AQShning Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Marshall rejasi deb nom olgan Yevropaga moliyaviy yordam dasturining 70 yillik yubileyini nishonladi. Mazkur yubileyda Germaniya kansleri Angela Merkel Marshall rejasi haqida gapirar ekan, shunday degandi: “Marshall rejasi mushtarak ishonch va qadriyatlarga asoslangan siyosatni va bunday siyosatdan barcha birdek manfaatdor bo‘lishini tushunishga yordam berdi. Umumiy qadriyatlarni himoya qilar ekanmiz, biz barcha va har bir shaxs uchun tinchlik va taraqqiyotga ega bo‘lamiz”.

    AQSh davlat kotibi Jorj Marshall.

    AQSh davlat kotibi Jorj Marshall.
    Foto: Wikipedia

    Marshall rejasini hayotga tatbiq qilish 1948-yilning 4-aprelidan boshlab amalga oshirila boshlandi. Marshall rejasi doirasida Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Gretsiya, Daniya, Irlandiya, Islandiya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya qirolligi, Norvegiya, Portugaliya, Turkiya, Fransiya, Shveysariya va Shvetsiya moliyaviy ko‘mak oldi. 1949-yildan boshlab esa Germaniya Federativ Respublikasiga ham moliyaviy yordam berila boshlandi.

    Moliyaviy ko‘makning eng katta miqdorini Buyuk Britaniya — 2,8 milliard dollar, Fransiya — 2,5 milliard dollar, Italiya — 1,3 milliard dollar, G‘arbiy Germaniya — 1,3 milliard dollar, Niderlandiya 1 milliard dollar qabul qildi. Marshall rejasi sababli Yevropa mamlakatlarining iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichi yiliga 12-15 foizni tashkil qildi. 1951-yilning 31-dekabriga kelib Marshall rejasi “O‘zaro xavfsizlikni ta’minlash haqidagi” qonun bilan almashtirildi. Bu qonun esa g‘arbiy Yevropa mamlakatlarini AQSh ittifoqchisiga aylantirishni maqsad qilgan holda ularga iqtisodiy va harbiy yordam ko‘rsatishni nazarda tutardi.

    Marshall rejasi, aslida, AQShning Yevropaga “savob” ishlash uchun berayotgan yordami emasdi. Marshall rejasi negizida AQSh yevropaliklarning turmush tarzini ko‘tarish maqsadida o‘z mahsulotlari uchun iste’molchi topishni ham ko‘zlagandi. Moliyaviy yordam natijasida Yevropa mamlakatlarida siyosiy jihatdan o‘rta sinfning ham oyoqqa turishiga yordam berish edi va shunday ham bo‘ldi. Bu esa Ko‘hna qit’ada barqarorlikni ta’minlar va turli ijtimoiy “ko‘tarilishlar”ning oldini oladigan chora ham edi.

    Marshall rejasi amalda: Italiyaliklar qor yig‘ishtiruvchi Capracotta Clipper mashinasini qabul qilib olmoqda, 1950-yil.

    Marshall rejasi amalda: Italiyaliklar qor yig‘ishtiruvchi Capracotta Clipper mashinasini qabul qilib olmoqda, 1950-yil.
    Foto: Wikipedia
    Urushgacha bo‘lgan davrida va urush davrida AQSh prezidenti Franklin Ruzvelt Yevrosiyoda diktatura rejimi soya solib turganda amerikaliklar okeanning g‘arbida qolib ketishi unchalik ham o‘sha davr diplomatiyasi uchun to‘g‘ri kelmasligini ta’kidlardi. Prezident Ruzvelt davrida iqtisodiyot sohasiga mas’ul bo‘lgan Din Acheson esa Yevropaga moliyaviy yordam berish bizga demokratik institutlarimiz va erkinligimizni saqlab qolishga yordam berishini uqtirardi.

    Amerikaliklar Marshall rejasi orqali liberal iqtisodiy modelni yuritish g‘oyasini tiqishtirishni ham xohlamasdi. O‘sha davrda Yevropa mamlakatlarida iqtisodiy siyosatda keysianlik doktrinasi — davlatning iqtisodga aralashuvi yetakchi edi. Shunday bo‘lsa-da, moliyaviy ko‘mak sharti quyidagicha edi: xususiy tadirkorlikni rag‘batlantirish, sarmoyalar uchun qulay shart-sharoit yaratish, bojxona ta’riflarini kamaytirish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va xarj qilingan mablag‘larning shaffof hisobotini yuritish. Shveysariyadan boshqa barcha Parij konferensiyasi ishtirokchilari bu kelishuvni imzolaydi.

    1997-yilda Marshall rejasining 50 yillik yubileyida nutq so‘zlagan prezident Bill Klinton: “Marshall rejasi nafaqat AQSh va Yevropaning munosabatlarini, balki Yevropa mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlarni ham o‘zgartirib yubordi. Marshall rejasi g‘arbiy Yevropa mamlakatlarini birlashtirgan siyosiy institutlarning asosi bo‘lib ham xizmat qildi. Yevropa Ittifoqi, NATO shular sirasidan. Marshall rejasi ko‘p asrlik qarama-qarshiliklarning oradan ko‘tarilishiga olib keldi”.

    Afinalik bolalar Marshall rejasi doirasida xayriya tashkilotlari orqali bo‘lka non olmoqda.

    Afinalik bolalar Marshall rejasi doirasida xayriya tashkilotlari orqali bo‘lka non olmoqda.
    Foto: Wikipedia

    Marshall rejasini rad etgan Sovet Ittifoqi

    Urush yakuniga yetgach, Sovet Ittifoqi boshqalardan-da ko‘proq moliyaviy ko‘makka muhtoj edi. Marshall rejasi esa Sovet Ittifoqiga ham moliyaviy ko‘mak berishni maqsad qilgan edi. Nyurenbergda o‘tgan sud jarayonidan so‘ng Sovet Ittifoqiga fashistlar yetkazgan moliyaviy zarar miqdori 674 milliard rublni tashkil qilishi hisoblangan edi. Tarixchi Igor Bunich esa moliyaviy zararni 5,5 trillion rubl miqdorida hisoblaydi. Sovet Ittifoqi iqtisodiyoti “o‘tirib qolgan” bir og‘ir vaziyatda hattoki bir guruh obkomlar Moskvaga aholida turli bayram va paradlarga kiyinishi uchun kiyimi yo‘qligini vajlab xat ham yuboradi.

    Avvaliga Marshallning Garvard universitetidagi nutqini tinglagan Sovet rahbariyati bu rejaga qiziqish bildiradi. 21-iyun sanasida siyosiy byuro tashqi ishlar vaziri Vyacheslav Molotovning nutqini tinglagach, Marshall rejasi muzokaralarida qatnashishga qaror qiladi. Ertasi kuni Varshava, Praga va Belgraddagi sovetelchilariga “belgilangan iqtisodiy tadbirlarda qatnashishi e’tirof etiladi” degan mazmunda telegramma yuboriladi. 27-iyun sanasida Molotov Parijda ingliz va fransuz hamkasblari bilan Marshall rejasi muhokamalarida qatnashadi. Bu muloqot esa muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi. Moskva 12-iyul sanasiga belgilangan Parij konferensiyasida ishtirok etishdan bosh tortadi, Fransiya va Britaniya SSSRsiz ham keyingi qadamlarni tashlashni boshlab yuboradi.

    Molotov Stalinga yuborgan telegrammasida “ingliz-fransuz tarafi sovetlarnikidan boshqacha bo‘lgan munosabatda ekanligi sabab masalani hal qilishga qaror qabul qilmasligi” haqida yozadi. 5-iyul sanasida Sovet rahbariyati barcha ittifoqchilariga rasmiy Kremlning munosabati o‘zgargani va Marshall rejasidan voz kechishi haqida xabar yuboradi.

    Marshall rejasini qabul qilib olgan Yevropa mamlakatlari xaritasi.

    Marshall rejasini qabul qilib olgan Yevropa mamlakatlari xaritasi.
    Foto: Google Photos

    Faqatgina Chexoslavakiya rasmiy Kremlning buyrug‘iga qarshi chiqib, chexoslavaklar bosh vazir Klement Gotvaldning qarorini mantiqsiz deb topishadi deb raddiya beradi. Kreml darhol Chexoslavakiya bosh vaziri Klement Gotvaldni, tashqi ishlar vaziri Yan Masarikni Moskvaga chaqirib “ong yuvish” jarayonini o‘tkazadi. Masarik ko‘z xotiralarida keyinchalik “Men Moskvaga mustaqil davlatning tashqi ishlar vaziri sifatida bordim, ammo ortga SSSRning qaroli sifatida qaytib keldim,” deya xotirlagan edi.

    AQSh kongressidagi respublikachilar esa SSSRning Marshall rejasini qabul qilmasligi xabarida do‘ppisini osmonga otib, rejaga nisbatan o‘z pozitsiyalarini darhol o‘zgartiradi. Fransiya bosh vaziri Jorj Bido esa Sovet Ittifoqining  Marshall rejasidan voz kechishini “ahmoqlik” deb ataydi.

    Xolisona yondashganda, AQShning Yevropa mamlakatlariga urushdan keyingi davrda Marshall rejasi doirasida ko‘rsatgan moliyaviy yordami g‘arbiy Yevropada kommunizm illati yoyilishining oldini olishni to‘xtatdi. Ikkinchidan, o‘z navbatida, AQShdagi siyosatchilar ham Marshall rejasi doirasida moliyaviy yordamdan benasib qolgan Sovet Ittifoqi abgor ahvolda qoladi deb o‘ylashgan edi, ammo bu xato fikr bo‘lib chiqdi. Sovet Ittifoqi urushdan keyingi davrda o‘z iqtisodiyotini tiklay olishga muvaffaq bo‘ldi.

    Marshall rejasini hayotga tatbiq qilgan Jorj Ketlett Marshall urushdan keyingi Yevropani tiklashga qo‘shgan hissasi uchun 1953-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    08.06.2020, 17:03   Izoh (0)   79331
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyada koronavirusdan vafot etganlar soni 6 ming nafarga yaqinlashdi. Umumiy hisobda 475 ming nafardan ortiq kishi kasallangan

    08.06.2020, 16:50

    Yangi Zelandiyada koronavirusga chalingan bemorlar qolmadi

    08.06.2020, 16:02

    Qozog‘istonda yangi qonun kuchga kirishi munosabati bilan norozilik namoyishi o‘tkazildi (video)

    08.06.2020, 14:33

    “Bunaqasi birinchi marta sodir bo‘lyapti”. KXDR Janubiy Koreyaning qo‘ng‘iroqlariga javob bermadi

    08.06.2020, 11:59

    Xitoyda koronavirus qayd etilganlar soni bir sutkada 4 kishiga, Janubiy Koreyada 38 kishiga oshdi

    08.06.2020, 10:55

    Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 20 ming kishidan, Tojikistonda esa 4,5 ming kishidan oshdi

    08.06.2020, 10:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada qarovsiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi

    O‘zbekiston | 13 may, 17:45

    XDP fraksiyasi — parlamentdagi muxolifat deb e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 13 may, 18:00

    Kipriklarni o‘stirish va qalinlashtirishga yordam beradigan tavsiyalar

    Layfstayl | 13 may, 17:35

    O‘zbekiston fuqarolari 2025-yil 1-iyundan Xitoyga vizasiz kirishi mumkin bo‘ladi

    O‘zbekiston | 13 may, 17:21

    Navoiyda ayol hujjatlarda erkak sifatida qayd etilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 13 may, 17:20

    Paradga bormagan Aliyev: Ozarbayjon va Rossiya munosabatlarida keskinlik ortmoqda

    Dunyo | 13 may, 17:10

    Ucell biznes uchun raqamli yechimlarni taklif etmoqda

    Reklama | 30 aprel, 12:00

    “Real” Vinisius bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi

    Sport | 13 may, 16:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.