Avstraliyaning Viktoriya shtati ekologiya faollari 2017-yilda Ledbiter laqabli possum nomidan VicForests o‘rmon sanoati kompaniyasi ustidan sudga arz qilgan edi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Da’vo arizasida sanoatchilarning possum oziqlanadigan muhitga zarar yetkazgani aytilgan edi.
Oradan uch yil o‘tganidan so‘ng ekofaollar sud ishida g‘olib chiqdi. Ular VicForests kompaniyasi vakillarini shundoq ham qirilib ketish arafasida turgan possumning oziqlanish muhitiga zarar yetkazganlikda ayblagandi.
Biologlarning hisob-kitobiga ko‘ra, shtatda hammasi bo‘lib 1,2 mingta possum qolgan.
Sud qirilib ketayotgan jonivorning tarafini oldi hamda kompaniyani yog‘och ishlab chiqarish kodeksining bir necha punktini buzganlikda aybladi. Masalan, kompaniya jonivorga zarar yetkazmay ishlashni ta’minlovchi reja tuzib olmagan.
Izoh (0)