Farg‘ona viloyati Rishton tumanida bolalar-o‘smirlar sport maktabi markaziy futbol o‘yingohida bajarilgan qurilish-ta’mirlash ishlari tekshirilganida 150 million so‘mdan ko‘proq mablag‘ talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Rishton tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda buyurtmachi Farg‘ona viloyati “Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi” bilan pudratchi “M-R” xususiy firmasi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan, Rishton tumani bolalar-o‘smirlar sport maktabi markaziy futbol o‘yingohida bajarilgan 1,3 milliard so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari nazorat o‘lchovidan o‘tkazilganida xususiy firma mansabdor shaxslari bajarilmagan 150,7 million so‘mlik ishlarni hujjatlarda qo‘shib yozganliklari hamda buyurtmachi tomonidan obyektni nazorat qilmay qabul qilib olgani oqibatida mazkur budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlangan.
Mavzuga doir: Jizzaxdagi maktabda 200 mln so‘mdan ortiq budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi
Avval Farg‘onada obodonlashtirish boshqarmasi mansabdorlarining 202 million so‘mdan ortiq budjet mablag‘larini o‘zlashtirgani fosh bo‘lgani xabar qilingandi.
Izoh (0)