O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 1-iyun kuni bir kun avval Qirg‘iziston bilan chegarada yuz bergan mojaro sabab Farg‘ona viloyatinin So‘x tumaniga tashrif buyurgan edi. Tashrif doirasida Aripov Qirg‘iziston hukumati rahbari bilan uchrashdi.
Uchrashuvdan so‘ng, So‘x tumani hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, ikki mamlakat hukumat rahbarlari voqea sodir bӯlgan joyga borgan. Qayd etishlaricha, mojaro oqibatida O‘zbekiston hududidagi uchta xonadonda yong‘in yuz bergan.
“Zarar ko‘rgan oilalar xonadonlarini qisqa muddatda tiklab beramiz”, — deb aytgan bosh vazir Abdulla Aripov.
Avvalroq 31-may kuni yuz bergan mojaro oqibatida 187 nafar o‘zbekistonlik kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgan edi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mojaroga Qirg‘iziston hududidagi, suvidan O‘zbekiston tomoni ham foydalanadigan “Chashma” bulog‘i ustidagi bahs sabab bo‘lgan.
Izoh (0)