Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida IIB xodimi fuqaroga nisbatan noqonuniy ravishda kuch ishlatdi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabar berishlaricha, voqea 30-may, shanba kuni soat 21:40 da Koson tumanining “Nihol” mahallasidagi “Nihol Said Baraka” do‘koni oldida IIB xodimlari aholining karantin qoidalariga amal qilishini tekshirish maqsadida o‘tkazayotgan tungi reyd vaqtida yuz bergan.
“Viloyat IIB tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi xodimi qonunda belgilangan vazifasidan chetga chiqib, shu mahallada yashovchi 1992-yilda tug‘ilgan X.M.ga nisbatan noqonuniy ravishda kuch ishlatib, uning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazgan”, — deyiladi IIV xabarida.
Xabar berishlaricha, IIV O‘z xavfsizligi xizmati Qashqadaryo viloyati bo‘linmasi tomonidan holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan. “Tadbir ishtirokchilarining har birining xatti-harakatlariga qonuniy baho beriladi”, — deyiladi IIV axborotida.
Mavzuga doir:
- Po‘lat Bobojonov “Chiroqchi voqeasi” bo‘yicha tuman IIB rahbarlarini ishdan oldi. Ularning ikki nafari ichki ishlar tizimidan haydaldi
- Qamashida fuqaro IIB xodimiga benzin sepib, uni yoqib yubormoqchi bo‘ldi (video)
- Qashqadaryoda haydovchiga qo‘pollik qilgan YPX inspektorlari ishdan bo‘shatildi
- Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi YPX inspektorining qo‘pol xatosiga izoh berdi
- Qashqadaryo IIB boshqarma boshlig‘i topshirig‘iga qarshi chiqqan YPX inspektorlari harakatiga izoh bermadi
Izoh (0)