• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Yangi imkoniyatlarni ochayotgan soha. 31-may – kimyogarlar kuni

    An’anaga ko‘ra, may oyining oxirgi yakshanbasi yurtimizda va hamdo‘stlik mamlakatlarida kimyo sohasi mutaxassislarining kasb bayrami sifatida nishonlanadi. Bu yil mazkur sana 31-may kuniga to‘g‘ri kelmoqda. Sana tarixi va qiziqarli faktlar haqida “Daryo” kolumnisti Muzaffar Qosimov ma’lumot beradi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Kimyo shubhasiz eng muhim amaliy fan sohalaridan biridir. Fan yutuqlarini ishlab chiqarishga tatbiq etilishi borasida ham kimyo oldiga tushadigani yo‘q bo‘lsa kerak. Nobel mukofoti topshiriladigan eng muhim yo‘nalishlardan biri sifatida ham bejizga ushbu soha alohida qayd etilmagan.

    Kimyogarlar ishlab chiqargan mahsulotlar orqali iqtisodiyotning yana ko‘plab boshqa sohalari ham ish yuritadi. Xususan, kimyo zavodlarida ishlab chiqarilgan mineral o‘g‘itlardan foydalanib, dehqonlarimiz mo‘l hosil oladi va oziq-ovqat xavfsizligiga hissa qo‘shadi, farmatsevtlar dori-darmonlar tayyorlaydi, sun’iy tolalardan esa turli matolar to‘qiladi. Polimer mahsulotlarning esa bugungi kundagi ahamiyatini alohida ta’kidlashga hojat ham yo‘q. Shuningdek, parfyumeriya, bo‘yoqlar, maishiy kimyo mahsulotlari deysizmi, qo‘yingki, hayotimizning barcha jabhasida bugungi kunda kimyo fani kirib bormagan joyning o‘zi deyarli yo‘q.

    Manbalarga ko‘ra, “kimyo” qadimgi misrliklar tilidagi “kem” so‘zidan kelib chiqqan deyiladi. Misrda Nil daryosi toshqinlaridan keyin qoladigan unumdor serhosil tuproqni aynan “kem” deb atashgan. Nil vodiysining o‘zini esa “kemia” deb nomlashgan. Keyinchalik, bu termin arab tilidagi “al-kimya” so‘zi orqali bugungi kunda butun jahon tillaridagi “kimyo” terminining o‘zagiga aylandi. E’tibor bersangiz, o‘zbekcha “kimyo” so‘zida ham, inglizcha chemistry so‘zida ham, ruscha “химия” so‘zida ham aynan ushbu o‘zak mavjud.

    Termin qadimgi Misrda paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, lekin mustaqil fan sifatida kimyo asosan XVII asrdan keyin, asosan Robert Boylning ilmiy ishlari tufayli shakllana boshladi. Boyl siyoh moddalarni kimyoviy usulda olish yo‘llarini kashf qildi va kimyoviy indikatorlardan foydalanishni ixtiro qildi. Lekin Boylgacha bo‘lgan zamonlarda kimyo ilmi dolzarb bo‘lmagan deyish ham mutlaqo xato bo‘ladi. Undan avvalgi asrlar mobaynida kimyo asosan tabib-hakimlar va alkimyogarlar tomonidan o‘rganilib, taraqqiy etib borgan. Birgina alkimyogarlar tomonidan rux, surma, fosfor, vismut va mishyak (margimush) elementlarining kashf etgani bunga dalildir.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    O‘rta asr musulmon sharqi allomalari ham kimyo borasida chuqur bilimlarga ega bo‘lib, o‘z ilmiy ishlarida bu borada katta hajmdagi ma’lumotlar bitib ketgan. Xususan, buyuk bobokalonlarimizdan Abu Nasr Farobiyning minerallar borasidagi ishlari, Ibn Sinoning efir moylari ustida olib borgan izlanishlari hayratlanarli darajada mukammalligi bilan hozirgi zamon kimyogarlarini ham lol qoldirib kelmoqda. Ibn Sino bobomiz oltingugurt, azot kislotalari, natriy va kaliy gidrooksidlarini ajratib olish usullarini aniqlagani va amaliyotda undan keng foydalanganligi tarixchi Juzjoniy tomonidan qoldirilgan qaydlardan ma'lum.

    Kimyo ilmining tamal toshi qo‘yilgan zamonlarda bu fan, shuningdek, Antuan Lavuaze, Jon Dalton, Genri Kavendish, Amedeo Avogadro, Yustus Libix, Fridrix Kekule, Butlerov, Bertolle, Yens Yakob Berselius singari olimlarning faoliyati bilan chambarchas bog‘liq tarzda rivojlana boshladi. Albatta, bu borada 1869-yilda Dmitriy Mendeleyev tomonidan kimyoviy elementlar davriy jadvalining kashf qilinishi yanada muhim ahamiyat kasb etgan. Keyinchalik Mariya Kyuri, Ernest Rezerford, Frits Gaber, Debay, Volfgang Pauli, Laynus Poling singari olimlarning sa’y-harakatlari bilan zamonaviy kimyoning poydevori qurildi.

    XX asrdan boshlab yurtimizda ham kimyo fanining zamonaviy yetuk olimlari yetishib chiqa boshladi. Xususan, Zarifa Saidnosirova, Sobir Yunusov, Karim Ahmedov, Obid Sodiqov, Hamdam Usmonov, Zokirjon Salimov, Sayyora Rashidova singari atoqli kimyogar olimlar nafaqat O‘zbekistonning, balki dunyo ilm-fani rivojiga munosib hissa qo‘shgan. XX asr fan-texnika inqilobidan so‘ng kimyoviy tadqiqotlarning natijalarini amalda keng qo‘llay boshlanishi kimyo sanoatining jadal sur’atlar bilan taraqqiy etishiga sabab bo‘ldi.

    Chunki insoniyatga hayotning har bir jabhasidagi cheklanmagan miqdordagi ehtiyojlarini qondirish yo‘lida kimyo fani yangidan-yangi imkoniyatlarni ochib berdi. Xususan, oziq-ovqat xavfsizligi borasida beqiyos yechim bo‘lgan sintetik mineral o‘g‘itlarning sanoat miqyosida olinishining yo‘lga qo‘yilishi, sun’iy tolalar, farmatsevtika mahsulotlari (masalan antibiotiklar) kabi kimyo ilm-fani yutuqlariga asoslangan mahsulotlarning ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yilishi, insoniyatning bir necha azaliy muammolarini hal etishda katta rol o‘ynadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Bugungi kunda yurtimiz iqtisodiyotida ham kimyo sanoati eng muhim tarmoqlardan biri sanaladi. Kimyo korxonalarimizda o‘n minglab odamlar ish bilan ta’minlangan, ular ishlab chiqargan mahsulotlar esa ichki va tashqi bozorda o‘z xaridoriga ega. 2018-yil statistikasiga ko‘ra, O‘zbekistonda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmining sakkiz foizini aynan kimyo sanoati hissasiga to‘g‘ri kelgan.

    Yurtimizning yirik kimyo korxonalarida – Navoiyazot zavodi, Farg‘onaazot zavodida, Chirchiq va Olmaliqdagi zavodlar, Qo‘ng‘irot soda, Dehqonoboddagi kaliy zavodi singari korxonalarda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish va mavjudlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha katta ko‘lamli ishlar amalga oshirilyapti. Xususan, Navoiyazot zavodida yangi polivinilxlorid sexi, kaustik soda, azot kislotasi sexlari qurilishi poyoniga yetay deb turibdi. Mazkur korxonada shuningdek yiliga 660 ming tonna ammiak va 557,5 ming tonna karbamid ishlab chiqarish  kompleksi ham yaqin orada foydalanishga topshiriladi.

    Farg‘onaazot zavodida ham mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish orqali ishlab chiqarish hajmini oshirishga qaratilgan yirik loyihalar reja qilingan, xususan, ammiak ishlab chiqarish hajmini kuniga 2 100 tonnaga yetkazish, shuningdek, 14 800 metr kord matosi, 26 ming metr poliefir-shtapel tola ishlab chiqarishga mo‘ljallangan poliamid sexi ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahrida esa, mutlaqo yangi ammiak va karbamid ishlab chiqarish zavodi qurilishi bo‘yicha ishga kirishilgan. Bu orqali esa O‘zbekistonning kimyo sanoati potensiali yanada ortishi shubhasiz.

    Shuningdek, kimyo korxonalarimiz tomonidan, epidemiologik vaziyat murakkab bo‘lgan hozirgi sharoit uchun muhim hisoblangan dezinfeksiya vositalarini ham uzluksiz yetkazib berib turilganini alohida aytib o‘tish joiz.

    Ushbu muhim sana munosabati bilan “Daryo” jamoasi nomidan yurtimizdagi barcha kimyogar olimlarni, muhandis-texnologlarni, kimyo yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarni, kimyo sanoati korxonalarida mehnat qilayotgan barcha-barcha ishchi-xodimlarni, mutaxassis va rahbarlarni chin dildan tabriklaymiz. Ishlaringizga muvaffaqiyat, bexatarlik va rivoj tilaymiz!

    31.05.2020, 08:21   Izoh (0)   38672
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Olimlar nima uchun koronavirus qandli diabeti borlar uchun xavfli ekanligini tushuntirib berdi

    30.05.2020, 18:27

    Italiyalik olimlar koronavirusning o‘pka faoliyatiga ta’sirini tahlil qildi

    27.05.2020, 14:06

    Koronavirus tashuvchilarining yuqumli bo‘lish davri haqida ma’lum qilindi

    24.05.2020, 18:57

    Gonkongda haqiqiysidan deyarli farq qilmaydigan sun’iy ko‘z yaratildi

    22.05.2020, 07:21

    Antarktidada “yashil qor” paydo bo‘ldi (video)

    21.05.2020, 21:32

    COVID-19’ga qarshi Tailandda tayyorlangan vaksina AQShda ishlab chiqariladi

    21.05.2020, 07:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.