Global isish Antarktida qor qoplamlarida yashil suv o‘tlarining paydo bo‘lishiga olib keladi, deb yozadi Science Daily.
Kembrij universiteti va Britaniya Antarktika xizmati olimlari, taxminan, ikki kvadrat kilometr maydonda deyarli 1700 alohida suv o‘tlari gullash o‘choqlarini topdi.
Suv o‘tlari ko‘proq pingvin va qushlarning yashash joylarida uchraydi.
Mutaxassislar havo harorati ko‘tarilgani sari Antarktida qor qoplamlarisiz qolishi, suv o‘tlari esa qor suvi va shilimshiqning yetishmasligidan yo‘qolib ketishi mumkinligini istisno qilmayapti.
Izoh (0)