Oila a’zolaringiz kech bo‘lganda birdan somsa yegisi kelib qolganida, endi bu ishni ertaga qoldirishning hojati yo‘q. Somsaning biroz o‘zgartirilgan, oson tayyorlanadigan variantini pishiramiz.
Kerakli masalliqlar:
- qat-qat xamir (tayyori yoki o‘zingiz tayyorlasangiz ham bo‘ladi);
- o‘simlik yog‘i — 1 osh qoshiq;
- piyoz — 2 ta;
- kartoshka — 4—5 dona;
- bulg‘or qalampiri —1 dona;
- qiyma — 300 gramm;
- ta’bga ko‘ra tuz va qora murch;
- tuxum — 1 ta.
- Qat-qat xamirni ikki bo‘lakka bo‘lib, yupqa qilib yoyib olamiz.
- Duxovka listini yog‘lab, xamirni solamiz.
- Piyoz, kartoshka va bulg‘or qalampirini mayda qilib to‘g‘rab olamiz.
- Qiymaga tuz va murch solib, to‘g‘ralgan sabzavotlar bilan aralashtiramiz.
- “Nachinka”ni xamirning ustiga bir tekis qo‘yib chiqamiz.
- Xamirning ikkinchi bo‘lagini pirog ustiga qo‘yib, chetlarini biriktirib chiqamiz.
- Havo chiqishi uchun pirog ustini bir necha joyidan teshib chiqamiz.
- Pirog ustiga tuxum sarig‘i surilsa, u qizarib, yaltirab chiqadi.
- 200 daraja qizdirilgan pechda 40-60 daqiqa pishirib olamiz.
Yana bir mazali taom retsepti: Kechki ovqatga ozarbayjoncha xingal pishiramiz
Izoh (0)