Mazkur shirinlik karantinda bolajonlarga nima pishirib bersam ekan deb boshi qotgan uy bekalari uchun ayni muddao.
Quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
- Sariyog‘ — 115 gr
- Sut — 25 gr
- Tuxum — 1 dona
- Un — 150 gr
- Kakao-kukuni — 50 gr
- Shakar — 100 gr
- Vanilin
- Shakar kukuni
- Razrixlitel
- Un, kakao-kukuni, razrixlitel va vanilin qo‘shib aralashtiring.
- 90 gr sariyog‘ga shakar va tuxum qo‘shib mikser yordamida aralashtiring.
- Kakaoli aralashmani sariyog‘li aralashmaga qo‘shing.
- Xamir qoring.
- Xamirni ikki bo‘lakka bo‘lib, “paket”ga o‘rab, 30 daqiqaga muzlatkichga qo‘ying.
- Krem tayyorlang: 25 gramm sariyog‘ni shakar kukuni, vanilin va 25 millilitr sut bilan mikserda aralashtiring.
- Tayyor kremni muzlatkichga qo‘ying.
- Kakaoli xamirni yoying, stakan yordamida dumaloq shaklda kesib chiqing va 170 daraja qizigan pechga 20 daqiqaga qo‘ying.
- Tayyor pechenyelar o‘rtasiga krem surtib boshqasi bilan ustini yoping.
Mavzuga doir:
- Nonushtaga shokoladli sirnik tayyorlang
- Tez tayyor bo‘ladigan pitssa pishiramiz
- Foydali va mazali grekcha salat tayyorlaymiz
- Uy sharoitida moxito ichimligini tayyorlaymiz
- Turk oshxonasining eng mazali nonushtasi — menemen tayyorlaymiz!
- Ko‘p mahsulot ketmaydigan mazali “Smak” salatini uyda tayyorlash uchun retsept
Izoh (0)