Ushbu taom o‘zbekcha shilpildoqqa o‘xshab ketadi.

Foto: Getty Images

Taom uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

  • Xamiriga — un, suv, tuz, tuxum
  • Qiyma
  • Tuz, murch — ta’bga ko‘ra
  • Sarimsoq piyoz
  • O‘simlik yog‘i

Tayyorlanish jarayoni:

  • Xamirga ketadigan mahsulotlardan xamir qoring, biroz tindiring.
  • Yupqa qilib yoyilgan xamirni romb shaklida kesib chiqing.
  • Kesilgan xamirlar biroz qotishi kerak.
  • Go‘shtga, tuz, murch, mayda to‘g‘ralgan piyoz qo‘shib tovaga soling.
  • Tovaga 2 osh qoshiq suv soling va suv singib ketgunicha qaynating.
  • Aralashmaga sariyog‘ qo‘shing.
  • Qatiqqa, sarimsoq piyoz va tuz qo‘shib aralashtiring.
  • Alohida tovada mayda to‘g‘ralgan piyozni qovurib oling.
  • Qozonda suvni qaynatib,  romb shaklidagi xamirlarni 5 daqiqa atrofida pishirib oling.
  • Likopchaga tayyor xamirlarni, ustidan qovurilgan piyozni soling.
  • Xamir ustiga go‘shtli aralashmani soling.
  • Ustidan sarimsoqli qatiq quying.

Taom tayyor, yoqimli ishtaha!