• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoroda hujjatlarni soxtalashtirib, o‘qituvchilar pulini o‘zlashtirgan maktab bosh hisobchisiga sud hukmi o‘qildi

    Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida rasmiy hujjatlarni soxtalashtirib, maktab o‘qituvchilariga to‘langan ish haqlarini to‘lanmay qolgan ish haqi sifatida hisoblab, noqonuniy pul o‘zlashtirgan maktab bosh hisobchisiga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Daryo”ga Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudi sudyasi Boborahim Ochilov ma’lum qildi.

    Foto: Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudi

    Foto: Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudi

    Maktab bosh hisobchisining mazkur qilmishi 2019-yilning iyul oyida Buxoro viloyat davlat moliyaviy nazorat boshqarmasining nazoratchi taftishchilari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv davomida fosh etilgan.

    Ma’lum qilinishicha, taftishchilar 2013-yil 1-yanvardan 2017-yilning 1-apreliga qadar bo‘lgan davrdagi xarajatlar smetasi ijrosi hamda budjetdan tashqari mablag‘larning maqsadli sarflanishini ko‘zdan kechirgan va fosh etilgan jinoyatni hujjatlar asosida sudga taqdim qilgan.

    Aniqlanishicha, 2007-yildan buyon G‘ijduvon tumanidagi 22-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bosh hisobchi vazifasida ishlab kelgan 47 yoshli Z.A. maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan ishlab chiqilgan tabel soatlarida ko‘rsatilmagan jami 46 million 830  ming so‘m pulni 2017-yildan boshlab o‘zlashtirishni boshlagan.

    U tabelda ko‘rsatilmagan dars soatlari uchun 2017-yilning avgust-noyabr oylari ish haqiga asossiz ravishda 5 million 921 ming 900 so‘m hamda oldingi oylarda to‘langan ish haqlarini to‘lanmay qolgan ish haqiga hisoblab, yanvar-sentabr oylariga 2 million 183 ming so‘m mablag‘ni o‘zlashtirgan. Bundan tashqari, maktab direktorining buyrug‘i bo‘lmasa-da, 2017/2018-o‘quv yillari hisobidan iyun-sentabr oylarida 10 million 53 ming so‘m rag‘batlantirish pullarini qo‘shib yozib, rasmiy hujjatlarni soxtalashtirgan. O‘zlashtirilgan mablag‘larni esa plastik kartaga o‘tkazib, o‘z ehtiyoji uchun sarflagan.

    Bosh hisobchi, shuningdek, maktabda 0,5 shtat birligida ishlovchi turmush o‘rtog‘i M.P.ning plastik kartasiga 15 million 960 ming 400 so‘m pulni noqonuniy o‘tkazib, shaxsiy ehtiyoji uchun ishlatgan.

    Z.A. o‘z manfaati yo‘lida oilaviy ahvoli og‘ir bo‘lgan ukasi T.A.dan ham foydalangan.

    “2015-yilga qadar Rossiyada ishlab kelganman. Keyin akam ishlaydigan maktabga 0,5 shtat birligida santexnik vazifasiga ishga kirdim. Menga taxminan 280 ming so‘m oylik ish haqi hisoblangan. Bu pullar farzandlarimga aliment to‘lovi uchun o‘tkazilishi lozimligi sababli plastik kartam doimo akamda turardi. Oxirgi marta o‘tgan yilning yozida 60 ming so‘m miqdorida naqd pul olganman xolos. Plastik kartamda 13 million 651 ming so‘m pul borligidan xabarim bo‘lmagan”, — deydi sud zalida guvohlik bergan T.A.

    Mansabidan foydalanib, jami 46 million 830 ming so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilgan maktab bosh hisobchisi Z.A. aybiga iqror bo‘lgan va yetkazilgan zararni to‘liq qoplagan.

    Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudi hukmiga ko‘ra, maktab bosh hisobchisiga Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismining “b”, “g” bandlari (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va  209-moddasi 2-qismining “a” bandi (Mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda bir yil olti oy muddatga moddiy javobgarlik ishlarida ishlash huquqidan mahrum etilib, 20 million 668 ming 800 so‘m jarimaga tortilgan.

    Mavzuga doir: 

    • Samarqand xalq ta’limi tizimida 6 milliarddan ortiq mablag‘ talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi
    • Jizzaxdagi maktabda 200 mln so‘mdan ortiq budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi
    • Jizzaxda erkaklarga homiladorlik va tug‘ish nafaqalari to‘langani aniqlandi

    16.05.2020, 08:13   Izoh (0)   25404
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoda homiladorlarni tug‘ruqxonaga yetkazish uchun daryodan zambilda olib o‘tiladigan, jin ko‘prikdan yiqilganlar esa nogiron bo‘lib qolayotgan qishloq bor...

    16.05.2020, 06:57

    Rossiyaliklar pandemiya davrida O‘zbekistonga ommaviy ravishda chipta olishga intilgani ma’lum qilindi

    16.05.2020, 06:18

    Sirdaryodagi koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning bari Toshkentga o‘tkazildi

    15.05.2020, 23:46

    Farg‘onada fuqaro karantin sharoitida 38 mln so‘m aliment pulini to‘lab berdi

    15.05.2020, 23:33

    Sardoba falokati sabablarini o‘rganish uchun Fransiya, Turkiya, Rossiyadan ekspertlar taklif qilindi

    15.05.2020, 23:11

    Sardoba suv ombori kerakmidi o‘zi? Shavkat Mirziyoyev shu savolga javob berdi

    15.05.2020, 23:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Panamada favqulodda holat e’lon qildi

    Dunyo | 21 iyun, 22:30

    Ko‘r-ko‘rona ishonmang: makiyaj bo‘yicha blogerlar tarqatadigan xavfli layfxaklar

    Ayollar sahifasi | 21 iyun, 22:15

    Kelgusi hafta avvalida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 21 iyun, 22:05

    Superliga. “Navbahor” o‘z maydonida “OKMK”ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 21 iyun, 22:03

    G‘azoda internetda uzilish kuzatildi

    Dunyo | 21 iyun, 21:15

    Farg‘onada tomorqasida 55 ming tupdan ortiq ko‘knori o‘stirayotgan shaxs aniqlandi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 20:45

    Sebalyos Xabi Alonso bilan kelishmovchilik tufayli “Real”dan ketishi mumkin

    Sport | 21 iyun, 20:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.