Quymoq (blinchik)larga istalgan “nachinka” solib pishirish mumkin. Quyida arabcha quymoq retsepti bilan bo‘lishamiz.

Foto: Patee

Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

  • Un — 160 gr
  • Suv — 125
  • Sut — 250 ml
  • Shakar — 1 osh qoshiq
  • Xamirturush — 1 choy qoshiq
  • Tuz —​ ta’bga ko‘ra

“Nachinka”​ uchun:

  • Qiyma
  • Pomidor
  • Piyoz
  • Pishloq

Tayyorlanish jarayoni:

  • Iliq suvga, shakar, tuz va xamirturush solib aralashtiramiz va 10-15 daqiqa tindiramiz.
  • Keyin sut va elangan un qo‘shamiz.
  • Bitta massa holatiga kelguncha aralashtiramiz.
  • Qiymani tovada qovuring, piyoz va pomidor qo‘shib aralashtiring.
  • Quruq tovaga quymoqning bir tarafini solib pishiring.
  • Yopishib qolmasin desangiz ozroq sariyog‘ soling.
  • O‘rtasiga “nachinka” soling va somsa singari buking.
  • 180 daraja qizigan pechga 15-20 daqiqaga qo‘ying.

Yoqimli ishtaha!

“Daryo”dagi boshqa retseptlardan ham foydalaning.