• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Yig‘lab qo‘ng‘iroq qilib, tezda qoching deb ogohlantirdi”. Sardobadagi falokatdan birinchilardan bo‘lib xabar topgan fuqarolar

    “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi Sardobadagi suv omborining o‘pirilib, suv toshib chiqqan kecha to‘g‘on atrofidagi qishloq aholisi bundan qanday xabar topgani, ularni kim birinchi bo‘lib ogohlantirgani haqida lavha tayyorladi.

    Foto: FVV

    Foto: FVV

    Ta’kidlanishicha, Sardoba tumani “Qo‘rg‘ontepa” mahallasida yashovchi Toir Rahmonovga suv to‘g‘oni yaqinida istiqomat qiluvchi akasi qo‘ng‘iroq qilib, suv toshgani haqida birinchi bo‘lib ogohlantirgan.

    “Ertalab saharlikni qildik, akam bomdod namozini o‘qib bo‘lib, telefon qildi. U suv ombori o‘pirilgani, uydan bolalarini olib chiqib ketayotgani, men ham qo‘ni-qo‘shnilarni ogohlantirib, tezda qishloqdan chiqib ketishimni aytdi. Shu orada 4-5 odamga qo‘ng‘iroq qildim, bolalarimni uydan chiqardim. Qo‘shnilarni uyg‘otib, ularni traktorni tirkamasiga chiqarib, mahalla ichiga haydadik. Ular baqirib, xalqni ogohlantira boshladi. Zaruriy narsalarni olishga ulgurmadik, bunaqa vaziyatga hech tushmaganimiz uchun miyamiz ishlamay qolgandek edi”, — deydi Rahmonov.

    Toir Rahmonov farzandlarini xavfsiz joyga ketayotgan mashinalarga chiqarib yuborib, o‘zi qolganlarga yordamlashgan.

    Rahmonovning ta’kidlashicha, odamlar hammasi bir-birini ogohlantirib, jipslashib qishloqdan chiqib ketgan. Shuningdek, u suv toshqini borishi mumkin bo‘lgan Do‘stlik qishlog‘idagi Yangiboy Tursunovga qo‘ng‘rioq qilib, xavfdan ogohlantirgan.

    “Soat 04:50 larda yig‘lab qo‘ng‘iroq qildi. ‘Tez qoching, ombor ketdi’ dedi. Boshqa hech narsa demadi. Telefonni qo‘yib, bolalarni uyg‘otib, zudlik bilan kiyinishlarini aytdim. Ko‘chaga chiqsam, hech kim yo‘q. Qo‘shnilarning eshiklarini tepib, baqirib odamlarni uyg‘ota boshladim. O‘zimiz 32 xo‘jalikda yashaymiz, orqa tarafda 16 ta xo‘jalik bor, ularniyam ogohlantirdim. Keyin bola-chaqani olib, hammaga aytib, yo‘lga chiqdik. Biz beton yo‘lga chiqqanimizda suv yetib kelganini aytishdi. Mol bozorga kelgan ekan. Mol bozor bilan uyimiz orasidagi masofa 500 metr edi.

    Xalqimizga besh ketdim lekin. Bir-biriga qo‘lidan kelgancha yordamlashdi, odamlarni tashish deysizmi, ularni olib chiqishmi, nimaiki mashina bo‘lsa, olib chiqib odamlarni tashidi”, — deydi Yangiboy Tursunov.

    Mavzuga doir: 

    • Sirdaryo viloyatidagi favqulodda vaziyat o‘chog‘ida vaziyat qanday?
    • Sardoba suv omboridan toshib chiqayotgan suv. Vertolyotdan olingan video
    Ma’lumot uchun, Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat tufayli Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridagi 24 ta mahalladan 90 mingga yaqin fuqaro zudlik bilan xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan, hodisa oqibatida kamida 56 kishi turli darajada tan jarohati olgan, toshqin zonasida qolib ketgan yuzlab odamlar qutqarilgan, shuningdek, 4 nafar fuqaroning tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lgani, 1 nafari bedarak yo‘qolgani aniqlandi.

    Voqea yuz bergan kuniyoq Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga yetib bordi. U suv toshqini oqibatlarini ko‘zdan kechirdi, ofatdan jabrlangan aholi bilan muloqotda bo‘ldi, sharoit yaxshilanmagunicha hech bir rahbar hech qayerga ketmasligini ta’kidladi. Allaqachon qayta tiklanishi boshlangan to‘g‘onni bir necha bor borib ko‘rdi, ish jarayoni bilan tanishdi.

    To‘g‘onning yorilishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    06.05.2020, 15:36   Izoh (0)   117532
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan Sardoba masalasini muhokama qildi

    06.05.2020, 14:57

    Andijon hokimligi sartaroshxona va taksilar faoliyati tiklangani haqidagi xabarlarni rad etdi

    06.05.2020, 14:40

    “Artistning jazolanishidan jamiyat hech narsa yutmaydi, ammo fojialarga sababchi amaldorlarning jazolanmasligidan juda katta yutqazadi”

    06.05.2020, 13:43

    O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1547 nafarga yetdi. 660 bemor davolanishni davom ettirmoqda

    06.05.2020, 13:13

    Qashqadaryo — “yashil” hudud. Qarshida shaxsiy avtomobillar harakati va taksilar qatnoviga ruxsat berildi

    06.05.2020, 12:44

    “Sifatsiz qurilishlarga mas’ul rahbarlarning iste’foga chiqarilishi shu kunlarda juda o‘rinli bo‘lar edi”

    06.05.2020, 12:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Apple miyasi iPad’ga ulangan insonni namoyish etdi

    Dunyo | 5 avgust, 21:50

    Mulkdorni 100 foiz rozi qilmaguncha hech qanday qurilish va buzish ishlari amalga oshirilmaydi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 20:58

    Qo‘shma Shtatlarning eng maqtalgan raketa esminetsi holati tarmoq foydalanuvchilari orasida istehzoga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 5 avgust, 21:40

    Toshkentda Spark yo‘l o‘rtasida yonib ketdi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 21:30

    Ukraina Yaponiya bilan birgalikda dronlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 5 avgust, 21:20

    Afg‘onistonda bolalar to‘yib ovqatlanmasligi eng yuqori darajaga yetdi — BMT

    Dunyo | 5 avgust, 21:10

    “Vodiydan Toshkentgacha bo‘lgan barcha metan zapravkalar to‘liq quvvatda ishlamoqda”. Energetika vazirligi tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 21:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.