Rossiyada smartfonlar uchun “Gusenitsa” nomli mobil ilova yaratildi. U piyodalarga o‘z telefoni yordamida svetoforlarni boshqarish imkonini beradi. Dastur “Glonass” NP federal operatori tomonidan taqdim etildi, deb xabar beradi Motor.
Dasturchilarning so‘zlariga ko‘ra, yangi texnologiya shahar sharoitida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan. Sinovlar davomida bir guruh maktab o‘quvchilarining yo‘lni kesib o‘tish holati modellashtirilgan. Sinf rahbari barcha bolalar yo‘lni kesib o‘tishi uchun dastur yordamida svetoforning yashil chirog‘i yonish vaqtini uzaytira oladi.
O‘qituvchilardan tashqari, mazkur ilova ishchilarga, shuningdek, harakatchanligi cheklangan odamlarga, ko‘z xira ko‘ruvchi insonlarga va nafaqaxo‘rlarga yo‘lning belgilangan qismidan o‘tishda shoshilmaslikka yordam beradi.
Yangi servis muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilganiga qaramay, u Rossiyada 2021—2022-yillardagina ishga tushirilishi mumkin. Chunki mutaxassislarga mobil servisning himoya tizimini yaratish uchun vaqt kerak bo‘ladi. Yangi mobil ilova avtomobil ma’lumotlarini saqlash va qayta ishlashga mo‘ljallangan “Avtodata” platformasi bazasida yaratilgan.
Izoh (0)