Volgograd tibbiyot ilmiy markazining abilitatsiya va reabilitatsiya laboratoriyasi olimlari COVID-19 infeksiyasidan himoyalanishga mo‘ljallangan “Venes-34” shlemini taqdim etdi. Bu haqda mahalliy nashrlardan biri V1 xabar berdi.
Mazkur qurilmani yaratish ustidagi ishlar 2019-yilning sentabrida boshlangan. Dastlab shlem mavsumiy allergiyadan aziyat chekuvchi insonlar uchun mo‘ljallangan. Koronavirus pandemiyasi tarqala boshlagach, olimlar shlemga qayta ishlov berib, uni infeksiyadan himoya qiluvchi qurilmaga aylantirgan.
Og‘irligi 1,5 kilogramm keluvchi shlemga xavfli materiallar kirishining oldini oluvchi filtr va ventilyator o‘rnatilgan. Qo‘shimcha ravishda ingalyatsiya, havoni namlantirish va ultrabinafsha nur uchun modul o‘rnatish mumkin.
“Venes-34” narxi 1000 rubl (13 AQSh dollari)ni tashkil etmoqda. Shlemlarning birinchi partiyasi Volgograd shifokorlariga bepul tarqatiladi.
Izoh (0)