Malayziyaning AirAsia avikompaniyasi koronavirus pandemiyasi vaqtida qo‘l keladigan maxsus kiyimni taqdim etdi, deb xabar beradi Fox News.
Aviakompaniya ichki va xalqaro aviaparvozlar ishini qisman qayta yo‘lga qo‘ygan. Mazkur reyslarda ekipaj va yo‘lovchilarning COVID-19 bilan kasallanishining oldini olish uchun maksimal darajadagi xavfsizlik qoidalariga rioya qilinadi.
Xususan, filippinlik dizayner Puey Kuinones AirAsia styuardessalari uchun noodatiy maxsus kiyimni yaratdi.
Ekipaj a’zolari niqob, qo‘lqop, yuzni himoya qiluvchi vositalar, shuningdek, uzun yeng va kapyushonga ega kombinezonlarda yurishi kerak. Jamlanma tibbiyot xodimlarining himoya kostyumlarini yodga soladi, biroq kiyim qizil-oq gammadan ishlangan — bu aviakompaniya rangi hisoblanadi.
Ta’kidlanishicha, antikoronavirus kiyim Tailanddan Filippinga parvoz qilgan reysda sinab ko‘rilgan.
Avvalroq gonkonglik olimlar koronavirusdan himoya qilishga qodir antivirus qoplama yaratgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, BAA politsiyasi koronavirusni aniqlovchi “aqlli” shlemlardan foydalanishni boshlagan bo‘lsa, Rossiyada koronavirusga qarshi shlem yaratildi.
Izoh (0)