Koronavirus pandemiyasi tufayli sayyohlar 2020-yilda Niderlandiyadagi lolazorlarni ko‘rish uchun bora olmaydi, deb yozadi Lonely Planet.
Shuning uchun mahalliy gulchi fermerlar lolalarni o‘z ko‘zi bilan ko‘ra olmayotganlarni ruhlantirish usulini topdi. Aynan xafa bo‘layotgan sayyohlar uchun dalalarda gullardan turli murojaatlar yasalmoqda. Masalan, “Kuchli bo‘ling!” yoki “Keyingi yil ko‘rishamiz” deb yozishmoqda.
Fermalar ishchilari shu yo‘sinda uyda o‘tirgan odamlarning kayfiyatini ko‘tarishga muvaffaq bo‘lganiga umid qilmoqda.
Izoh (0)