Hindistonning Ollohobod shahrida yashovchi erkak karantin paytida Mumbaydan uyiga yetib olishi uchun o‘zini piyoz sotuvchisi qilib ko‘rsatdi, deb yozadi CNN.
Hindistonda qat’iy tartibda karantin joriy etilganiga qaramay oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan transport vositalariga shtatlar o‘rtasida harakatlanishga ruxsat berilgan.
Mumbay aeroporti xodimi Prem Murti Pandey oziq-ovqat bozoridan 28 tonna piyoz sotib olgan. U piyoz sotuvchisi sifatida chegaradan o‘tish uchun ijaraga yuk mashinasi olgan hamda haydovchi yollagan.
Erkak uch kun deganda 1400 kilometr masofani bosib o‘tib, Ollohobodga kirib borgan. Yo‘l-yo‘lakay u uchta shtat hududidan o‘tgan.
Qayd etilishicha, Ollohoboddagi politsiyachilar Pandeyning rejasidan xabar topib, uni karantinga joylashtirgan.
“Unda kasallikning hech qanday alomatlari yo‘q. Shunday bo‘lsa ham xavfsizlik nuqtayi nazaridan u karantinga joylashtirildi”, — deydi mahalliy politsiya vakili Arvind Kumar Singh.
Izoh (0)