• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12654.13
    • RUB161.18
    • EUR14817.99
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Seni unutmaymiz, koronavirus!”. Xitoylik ziyolining pandemiyadan olgan xulosalari

    Gongkong fan va texnologiya universiteti professori, xitoylik taniqli adib Yan Lianke 21-fevral kuni talabalariga koronavirusning insoniyat xotirasiga qanday muhrlanishi va nega bunday fojialarni unutish kelajak avlod uchun xavfli ekani haqida ma’ruza o‘qidi. Muallif o‘z fikrlari bilan bugungi pandemiya holatida jamiyat ruhiyati va uning gumanitar holatini ochib berishga harakat qiladi. “Daryo” ma’ruzani tarjima tariqasida taqdim etadi.

    Yan Lianke.

    Yan Lianke.
    Foto: Wikipedia

    Seni unutmaymiz, koronavirus!

    “Aziz talabalarim, bu bizning ilk amaliyot darsimiz. Boshlashdan avval ijozatingiz bilan mavzudan biroz chetlashmoqchiman. Bolaligimda qachon bir xatoni ikki yo uch marta takrorlasam, ota-onam meni qarshisiga o‘tkizar va peshonamga barmoqlari bilan nuqib shunday deyishardi: ‘Nega bu qadar hardamxayolsan?’

    Xitoy tili o‘qituvchimiz necha marta o‘qiganimning sanog‘ini o‘zim ham eslolmaydigan biron badiiy matnni yodlolmaganimda kaminani o‘rnidan turg‘izar va butun sinf ko‘z o‘ngida savol berardi: ‘Nega bu qadar hardamxayolsan?’

    Xotira — o‘tmish hamon umrguzaronlik qilayotgan hosildor zamindir va har bir xulosa unda yetishgan meva sanaladi. Odamzotni hayvondan ajratuvchi asosiy omillardan biri — bu xotirlash va undan xulosa chiqarish, o‘tmish yodnomalariga ega bo‘lish. Inson faqat yetarlicha xotira to‘play olganidagina yetuklikka erishadi. Unutmang, xotira bu tajriba ma’nosida ham kelishi mumkin. Eslay olmoq yeb-ichish, kiyinish va hatto nafas olishdan ham ko‘ra muhimroq ehtiyoj deb o‘ylayman. Xotiramizni yo‘qotsak, qanday ovqat yeganimizni unutishimiz, dalalarni qay yo‘l bilan sug‘organimizni-da bilmay qolishimiz hech gap emas.

    Qirolning yalang‘och holida yanada ulug‘vor ko‘rinayotganiga ishona boshlaymiz. Nega bular haqida so‘z ochdim? Boisi, ham milliy, ham xalqaro maydondagi manfur fojia bo‘lmish COVİD-19 virusining yoyilishini hali to‘xtatolmadik va bu yaramas kasallik hamon odamlarni yaqinlaridan ayirayotgani, Xubey, Uxan va boshqa joylarda qalblarni larzaga soluvchi chinqiriqlarning hali tinmayotgani... Bunga qaramay statistika ma’lumotlari ba’zan yaxshilangani sabab quloqlarimizga g‘alaba xirgoyilari ham chalinib turibdi.

    Jasadlar hali sovib ulgurmadi, bashariyat hamon uylarida o‘tirib, duo qilishayotir. Boshimiz yostiqdan uzilgani yo‘q. Yo‘qsa, allaqachon zafar ash’orlari eshiklarni buzib kirar va Konfutsiy aytganidek, insonning naqadar qudratli zot ekanini bizdan so‘rab o‘tirmay isbotlab tashlardi.

    COVID-19 hayotimizga qachon kirib kelganini bilmay qoldik. Uning uylar va shifoxonalardan tashqarida yana qanchadan-qancha sho‘rlikning yostig‘ini quritgani haqida ham aniq ma’lumotlar yo‘q. Buni surishtirib, o‘rganib o‘tirishga ham vaqt topolmadik. Tiriklarni saqlab qolishimiz kerak edi. Agar biroz kechiktirsak, hatto o‘lganlar nomiga marsiya o‘qishga ham ulgurolmasdik. Vaziyat shunday davom etaversa, kelajak avlodlarga hech kim eslashni istamaydigan, ruhiyatni chiqib bo‘lmas qobiqqa tashlaydigan hayot va mamot qorishgan muhitnigina meros qilib qoldirishimiz mumkin.

    O‘tmishda va bugun jamoalar, oilalar, jamiyatlar, davrlar yo o‘lkalar nega bu qadar dahshatli fojialarga duch keldi? Nega tarixdagi bitta odam qilgan gunoh kasofati o‘n minglab odamning hayotiga zomin bo‘ldi? Biz bilmagan yoxud javobini so‘rolmagan xotirjam tinglagan minglab sabablar ichidan bittasi mana men, deya qarshimizga chiqadi: biz odamlar bir irq o‘laroq chumolisimon badnafsligimiz ila unutishga o‘ta moyil yaratiqlarmiz.

    Xotiralarimiz qayta dasturlandi, o‘zgartirildi, o‘chirildi. Boshqalarni eslamasligimiz kerakligi haqida berilgan buyruqni eslaydigan, unutishimiz lozim deya uqtirilgan narsalarni unutadigan bo‘ldik.  Bizga gapirishganda og‘zimizni yumdik, buyruq berishganida esa qo‘shiqlar kuyladik. Xotira davrimizni boshqarish uchun bosh vositaga aylandi, u bizni boshqarish uchun unutishimiz va yodimizda saqlashimiz kerak bo‘lgan hodisalardan iborat qiynoq quroli qiyofasiga kirdi.

    Qo‘ying endi o‘sha o‘tmishda qolib ketgan, muqovalari chang bosgan kitoblarni. So‘nggi yigirma yilda ro‘y berganlarni bir esga olaylik. Xuddi siz kabi 1980—1990-yillar oralig‘ida tug‘ilgan bolalar xotirlaydigan kunlardan gaplashaylik. Masalan, OITS, VICh va COVID-19 inson qo‘llari bilan yaratilgan dahshatmi yo Tanshan va Venchuan zilzilalari kabi bashariyatni chorasizlik chohiga uloqtirgan ofat? Agar chindan tabiiy bo‘lsa, nega falokatning har ikki shaklida ham inson notavon bo‘lib qolaveradi? Nega asorat doim bir xil?

    Xususan, bundan bir necha yil avval avjiga chiqqan OITS vasvasasi va COVID-19 balosi xuddi bir muallif qalamiga mansub sahna asariga o‘xshaydi. Ayni tragediya ko‘z o‘ngimizda qaytadan qo‘yilmoqda. Biz — chang zarrasi bilan teng odamlar bularni kim uyushtirayotganini, boshimizga solayotganini aniqlashda ojiz qoldik va talvasaga tushib, bu mohir dramaturg fikrlarini, g‘oya va ‘ijod mahsullari’ni tahlil qila oladigan bilimga ham ega emasmiz. Bas, modomiki shunday ekan, bundan avvalgi ofatdan qolgan qaysi xotiralar orqali o‘zimizni qarshimizdagi balodan mudofaa qilishimiz mumkin?

    Quvvai hofizamizdagi ibrat izlarini kim o‘chirdi? Kim aqlli manqurtlarga aylantirdi bizni? Unutishga moyil, hardamxayol odamlar yo‘llar yuzidagi balchiqqa o‘xshaydi. Oyoq ostida yashab, oyoq egasi ularni atay bir kun tozalab tashlashini ham unutib qo‘yadi. Ularning kelajagi, ularga chiqarilgan hukm sovuq qurollarning, galstukli jallodlarning top-toza qo‘lida. Men bugun yozishga biroz bo‘lsa-da ishtiyoqi borlar va hayotidagi lahzalarni harflar bilan o‘lchaydiganlarga yuzlanaman. Biz ham to‘kilgan qon va hayot daryosidan badar oqib ketayotgan jon daryolariga e’tibor bermay qo‘ysak, yozishning ma’nosi qolarmikan?

    Betimsol iste’dodingiz, asar ustida ishlab o‘tkazgan bedor kechalaringiz, ko‘plab kitoblaringiz boshqalarning nazorati ostida ipli qo‘g‘irchoqqa aylanishi mumkinligi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz hech? Gazetchilar bilib turib xaloyiqni boxabar qilmasa, yozuvchilar xotiralari va tuyg‘ularini oqqa ko‘chirmasa, jamiyatning gapiradigan va gapirishni biladigan a’zolari ikki guruhga bo‘linib, siyosiy haqparastlikni ilgari surmasa, oldindagi hodisalarga umid aralash qo‘rquvlarini izhor etmasa, odamzotning dunyoda yashashidan ma’noni kim tushuntirib beradi, axir? Nima uchun mavjudligimizni bizga tushuntirib bera oladigan mard bormi o‘zi dunyoda?

    Bugun davrimizning vahshatkor axborot bo‘xronlari ichra odamlarning xotirasi yo‘qotilib  yo loqaydlarcha axlat qutisiga itqitilib, xuddi hech qachon mavjud bo‘lmagandek ovozlar va so‘zlar bilan to‘yintirilgan arzimas ko‘pik, oqim yo aks-sadodek qabul qilinayotir. Taajjubki, bir davr oxirlagach, hamma narsa unutiladi, yodimiz sahifasida esa faqat ‘unutilmas’ deya muhrlangan voqeotgina qoladi, xolos. Tarix ham afsonalar, cho‘pchaklar, to‘qib chiqarilgan arzon va serhasham yo‘qotishlar to‘plamiga aylanib bo‘ldi.

    Shu mulohazalar haqiqat bo‘lsa, ko‘zimizni ochishimiz, unutmaslikni o‘rganishimiz kerakligi naqadar muhimligi oydinlashadi. Aksarimiz qismatga ishongan holda o‘z hayot yo‘limizni o‘zimiz tanlaymiz deb o‘ylaymiz, haqiqat axtaramiz, oddiy bir odam o‘laroq xotiralarimizni ertangi kun eshiklariga kalit deb hisoblaymiz. Bizdek g‘arib kishilarning  o‘sha sho‘ring qurg‘ur o‘ziga xosligini hamda quvvai hofizasini yo‘qotgani kun chindan kelib qolgudek bo‘lsa, bu dunyoda ham insoniy, ham tarixiy originallik va haqiqatdan so‘z ochishi mumkin bo‘larmikan? Bunga haqimiz bormi?

    Xotirlash xususiyatimiz va xotiralarimiz dunyo yoxud kelajakni o‘zgartirolmasa-da, hech yo‘q qarshimizdagi yasama ‘haqiqat’lar bilan raqobatga kirishishi va bizni aldayotganlarini sezdirishi mumkin. Ichimizdagi zaif sas ‘axir bu yolg‘on-ku!’ deydi. Hech yo‘q pandemiya hali tugamay turib quloqlarimizni qomatga keltirgan g‘alaba qo‘shiqlari orasidan bechora xastalarning nolishlarini, suyanchidan ayrilgan oilalar yig‘isini, motamdagi go‘yandalar faryodini eshita olamiz va... xotiramizga mangu saqlab qo‘yamiz. Xotiralar dunyoni o‘zgartirmaydi, biroq ichimizda bir vijdon, bir iymon uyg‘onishiga sabab bo‘ladi.

    Kun kelib, bashariyat yana inqirozga uchrasa va ibtidoiy hayot kechira boshlasa, faqat xotiralar qudrati bilangina yana aldanishdan o‘zini saqlab qoladi va qumning temirga aylanolmasligini, soch tolasining oltmish tonnalik yuk bo‘lmasligini aniq biladi. Chunki uning og‘zi ‘mo‘jizalar’dan bir marta kuyib bo‘lgan. Sezishimiz, his qilishimiz, tahlil qila olishimiz kerak. Xotiralarni asrab qololsak, yana bir uyg‘onish davri kelganida otalarimizni avaxtaga yo qatlgohga olib ketishlariga to‘sqinlik qila olamiz. Bu noto‘g‘ri deymiz kelganlarga. Bizni bilmaydi, o‘tmishdagi nayranglarimizdan xabari yo‘q deb o‘ylaysanlarmi, deymiz.

    Aziz talabalarim, hammamiz ham so‘zga bog‘langan san’atshunoslarmiz. Keling, jamoaviy, dunyoviy yo milliy xotira emas, aynan o‘z shaxsiy quvvai hofizamiz haqida so‘z yuritamiz. Tarix misolida olib qarasak, jamoaviy xotira unutilmaydi, biroq u adashtirishga, o‘zgartirish va buzib ko‘rsatishga o‘ta moslashuvchanligi ayni haqiqat. Ichimizdagi ego esa xotira shakliga kirganda hech qachon bizni aldamaydi. Ayni kunlar COVID-19 hali o‘tmishga aylanganicha yo‘q, biroq boya ta’kidlaganimdek, kimlardir bayramni boshlab yubordi. Nabiralarimizga hayajon bilan hikoya qilib beriladigan kunlarda yashayapmiz.

    Bu ofatni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan har bir kishida xotiralar, xotiralardan to‘ralgan xulosalar bo‘y ko‘rsatayotir. Ular hech qachon izsiz yo‘qolib ketmasin. Kulfat unutilmasligi darkor. Umid qilamanki, biz hali koronavirus peshonamizdan arimay turib, uni mag‘lub qildik deya da’vo qiladigan landavur, ichi po‘k qalamkashlardan emas, barini o‘z xotiralari bilan yengib o‘tolgan, chinakam g‘alabani ruhi hikmatga to‘la holda kutib olgan vazmin ijodkorlardan bo‘lamiz.

    Va yana istaymanki, drama boshlanganida aktyorlar yo mualliflar, sahna asariga olqish yog‘dirib, obro‘ topmoqchi bo‘lgan befahm bekorchilar emas, balki zalning eng oxirida, yosh to‘la ko‘zlarini sahnadan uzmay, butun borliqni unutib ijroga singishib ketgan asl tomoshabin — san’at shaydolari qatoridan joy olamiz. Zero, haqiqiy tomoshabini bo‘lmaganida edi, Shekspir ham bu qadar ulug‘vor siymo o‘laroq yodga olinmasdi.

    Agar omon-omon kunlarga yetishgach ham koronavirusni unutmay, undan chiqargan xulosalarimizni amaliyotga tatbiq eta olsak, hayqirish qo‘limizdan kelmagani vaqt hech bo‘lmasa shivirlab eslashni bilsak, bu shubhasiz, vijdonimiz, iymon va jasoratimizning muqaddas uyg‘onishi bo‘lib qoladi. Fashist konslagerlarida umri qiynoqlardan adoyi tamom bo‘lganlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rmay turib, shunchaki aytib berilgan hikoyalargagina tayangan holda she’r yozish yovvoyilik deya atalishi mumkin, biroq u kunlarni butkul unutib, umuman hech narsa yozmaslik, eslamaslik undan besh battar yovvoyilikdir. Unutmang...”

    Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.

    26.04.2020, 19:06   Izoh (0)   80789
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xitoyda koronavirusga chalinish bo‘yicha yana 11 ta, Janubiy Koreyada esa 10 ta holat aniqlandi

    26.04.2020, 18:05

    Tramp AQSh sog‘liqni saqlash vazirini virus borasida qo‘ygan xatolari uchun ishdan bo‘shatishi mumkin

    26.04.2020, 17:04

    Saudiya Arabistonida komendantlik soati qisman bekor qilinadi

    26.04.2020, 16:02

    “Asabiylashganidan shifokorning qo‘llari qaltirar edi”. Kim Chen Inda o‘tkazilgan jarrohlik tafsilotlari ma’lum qilindi

    26.04.2020, 15:01

    Koronavirusdan tuzalgan Buyuk Britaniya bosh vaziri 27-apreldan ishga qaytmoqchi

    26.04.2020, 13:39

    Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 2652 kishiga, Qirg‘izistonda esa — 682 kishiga yetdi

    26.04.2020, 12:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yevropa rahbarlari NATO kechki ziyofatida Trampni Rossiyaga nisbatan qattiqroq siyosat yuritishga undadi

    Dunyo | 30 iyun, 19:11

    Polsha snaryadlar ishlab chiqarishni besh baravarga oshirishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 30 iyun, 19:00

    Seulda “Kalmar o‘yini” seriali sharafiga parad o‘tkazildi

    Kino | 30 iyun, 18:50

    O‘zbekistonda 843 kishiga arzon kreditda mashina olib berishni vaʼda qilgan 9 kishi qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 30 iyun, 18:40

    Malika Diananing ko‘ylagi auksionda yarim million dollarga sotildi

    Layfstayl | 30 iyun, 18:30

    Pokistonda bomba portlashi oqibatida 13 nafar askar halok bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 18:20

    Iyul oyida O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘ladi?

    O‘zbekiston | 30 iyun, 18:15

    Jizzaxda kelin ko‘ylakda “tomosha ko‘rsatgan” qizlarga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 iyun, 18:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.