“Liverpul” va “Manchester Yunayted” klublari koroanvirusga qarshi kurashayotgan Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash milliy boshqarmasi (NHS) va tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatladi.
“Enfild” maydoniga yurak surati, boshqarma qisqartmasi (NHS) va YNWA yozuvi tushirildi.
YNWA — “Liverpul” madhiyasiga aylanib qolgan “You’ll Never Walk Alone” (Sen hech qachon yolg‘iz bo‘lmaysan) qo‘shig‘i qisqartmasi.
“Old Trafford” tashqarisidagi “Manchester Yunayted” yozuvi esa “NHS United”ga aylantirildi.
“Siz NHS’siz Manchesterga ega bo‘lmaysiz”, — deyiladi izohda.
Buyuk Britaniyada koronavirus yuqtirib olganlar soni 133 mingdan oshdi. 18 mingdan ziyod kishi vafot etgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)