• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Real”ning “bosh og‘rig‘i” — Garet Beyl haqida

    Bir necha yil oldin “Real”ning yetakchisi bo‘lishi kutilgan Garet Beyl hozirga kelib klub uchun haqiqiy “bosh og‘rig‘i”ga aylangan.

    Foto: Diario Gol

    Foto: Diario Gol

     

    Madrid klubi bir vaqtlar 100 million yevro evaziga xarid qilingan va kutilgan o‘yinni namoyish etib bera olmagan uelslik futbolchining xizmatlariga ehtiyoj sezmayapti. Odatda bunday hollarda “qirollik klubi” futbolchilarni tezda sotib yuborardi yoki boshqa bir klubga ijaraga berardi. Biroq Beyl masalasida hammasi ham unchalik oddiy emas. Uning “Real”dagi yillik maoshi 17 million yevroni tashkil qiladi. Shuning uchun Beyl Madridni tark etishga unchalik ham oshiqmayapti. Buning ustiga pandemiyadan keyingi inqiroz davrida barcha klublarda ham uning moliyaviy ehtiyojlarini qondirish imkoniyati bo‘lmaydi.

    Joriy mavsumda Beyl La Ligada 14 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va xuddi shuncha golga hammualliflik qildi. Beyl o‘tgan mavsum bilan taqqoslaganda ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotganiga qaramay, klubni tark etish uchun asosiy nomzodlardan biri bo‘lib qolmoqda. Uelslik futbolchi kamdan kam holatlarda asosiy tarkibdan o‘rin oladi. Shuningdek, Beyl anchadan beri samarali harakatlari bilan ham maqtana olmayapti.

    Shu paytgacha “Real”ning Beylni sotish borasida qilgan harakatlari besamar ketmoqda. O‘tgan yozda “galaktikos” uning transfer qiymatini 70 million yevro etib belgilagandi. O‘shanda uning maoshini hisobga olib, hech qaysi bir klub aniq taklif bilan chiqmagandi. Yanvar oyida Beylning jamoadan ketmoqchiligi to‘g‘risida yana gap-so‘zlar yana paydo bo‘ldi, ammo u mish-mishdan nariga o‘tmadi. Ispan nashrlarining xabariga ko‘ra, “Real” rahbariyati radikal qadam tashlab, mavsum so‘ngida Beylni tekinga boshqa klubga qo‘yib yubormoqchi. To‘g‘ri, bu holatda “Real” hech qanday foyda ko‘rmaydi, biroq 2 yil davomida futbolchiga to‘lanishi kerak bo‘lgan 34 million yevro tejab qolinadi. Agar “Real” haqiqatdan ham Beylni hech qanday to‘lovlarsiz qo‘yib yuboradigan bo‘lsa, uning klubni tark etish ehtimoli yanada oshadi. Avvalroq futbolchining agenti Jonatan Barret mijozining Madriddagi hayotdan mamnun ekanini ma’lum qilgandi. Beyl Ispaniya poytaxtida qariyb 7 yildan beri oilasi bilan birgalikda istiqomat qiladi, shu sabab uning boshqa shaharga ko‘chib o‘tish masalasi biroz mushkulroq kechishi mumkin. Ammo qayerda bo‘lishdan qat’i nazar Beyl faoliyatni davom ettirishi zarur. Quyida kelajakda u borishi mumkin bo‘lgan bir necha variantlar taqdim etiladi.

    APL

    Bir vaqtlar Beylga “Manchester Yunayted” va “Chelsi” tomonidan qiziqish bo‘lgandi. Ikkala jamoaga ham yosh tarkib yaxshi qorishib keta oladigan tajribali hujumchi kerak edi. Biroq mavsum o‘rtalariga kelib, “Chelsi” ham “Manchester Yunayted” ham e’tiborini boshqa futbolchilarga qaratdi va Beylning transferidan voz kechdi. Hozirda Angliya Premyer Ligasida faqatgina “Tottenhem” Garet uchun da’vogarlik qilmoqda. U “Real”ga o‘tguniga qadar “shporlar” tarkibida 146 ta o‘yin o‘tkazib, 42 ta golga mualliflik qilgan. Sky Sports nashri Beylning London klubiga qaytish ehtimolini yuqori baholamoqda.

    Agar Harri Keyn “Tottenhem”dan ketadigan bo‘lsa, Beylning transferi amalga oshish ehtimoli yanada oshadi. Hozirda OAVda Keynning mavsum so‘ngida klubni tark etishi mumkinligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning keti uzilmayapti. Ta’kidlanishicha, Keyn faqatgina to‘rtinchi o‘rin uchun kurashishdan charchagan va sovrinlar yutish niyatida. Garet va Keynni ushlab qolish varianti esa uelslik futbolchining yuqori maoshi tufayli klub uchun qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.

    A SeriyaSo‘nggi paytlarda Italiya chempionatida taniqli futbolchilarning soni tobora ortib bormoqda. Beylda ham ulardan biri bo‘lish imkoniyati bor. Obro‘li nashrlardan biri El Chiringuito’ning xabariga ko‘ra, Antonio Konte vingerning  xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirgan. O‘tgan yozdayoq “Inter” ustozi klub rahbariyatiga Beylning transferini taklif etgandi. O‘shanda “Inter” “Real”ga Beyl uchun zarur bo‘lgan 70 million yevroni berishga qodir emasdi. Ammo endi vaziyat o‘zgarishi mumkin, agar Madrid klubi chindan ham vingerni hech qanday to‘lovlarsiz “ozod” qilsa, “neradzurri” uning nomzodiga qayta to‘xtalishi mumkin. Biroq futbolchining yuqori maoshi koronavirus pandemiyasi keltirib chiqaradigan inqiroz davrida jiddiy muammoligicha qolaveradi.

    MLS

    Amerika qit’asi vakillari muntazam ravishda omadi yurishmayotgan taniqli yevropalik futbolchilarni jalb etishda davom etmoqda. Beyl ham bundan mustasno emas. 2019-yilning sentyabr oyida unga MLS’ning “Inter-Mayami” klubi qiziqish bildirayotgani ma’lum bo‘lgandi. Beylning xizmatlariga shaxsan Florida klubining xo‘jayini sobiq futbolchi Devid Bekhem qiziqib qolgandi. Joriy yilning yanvar oyida “Inter Mayami” Beylga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirdi, biroq ish transfergacha yetib bormadi. Ehtimol, yozda Bekhem Beylni yana o‘z jamoasiga qo‘shib olishga harakat qilib ko‘rar. Shunday bo‘ladigan bo‘lsa, “Inter Mayami” futbolchi uchun kurashda MLS’ning boshqa bir klubi “Los-Anjeles Gelaksi” bilan raqobatda yengib chiqishi kerak. Har ikkala klubda ham Garetning moliyaviy ehtiyojlarini qondirish uchun resurslar yetarlicha, shu bois vingerni bir necha oylardan so‘ng AQSHda ko‘rsak, ajab emas.

    Xitoy Superligasi

    Beylga bo‘lgan qiziqish va takliflarni ko‘rib chiqilar ekan, Xitoy Superligasiga to‘xtalmaslik, Chin yurti klublariga nisbatan adolatsizlik bo‘lardi. Garet o‘tgan yozdayoq Xitoy chempionatiga o‘tishi mumkin edi. Dastavval nomi oshkor etilmagan Superliga klubi Beylning maoshini to‘liq qoplab bergan holda, futbolchini tekinga qo‘lga kiritmoqchi bo‘ldi. Biroq Madrid klubi bu taklifga rozilik bermadi. Keyinroq esa “Jiangsu Suning” vakillari “Real” rahbariyatiga murojaat qilgani ma’lum bo‘ldi. Ular futbolchiga 20-25 million yevro miqdoridagi summani taklif etadi, biroq “qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres bu taklifni ham jiddiy qabul qilmaydi. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘sha vaqtda Beylga juda katta maosh taklif qilingan. Uelslik futbolchi u yerda “Real”dagidan ham ko‘proq pul ishlab toppish imkoniyatiga ega bo‘lardi. Futbolchining o‘zini ham Xitoy Superligasi qiziqtirib qo‘ygan bir paytda Peres uning Osiyoga ketishiga rozilik bermaydi. Agar xitoyliklar yozda yana Beylni sotib olish istagini bildirsa, uni qo‘lga kiritish birmuncha osonlashishi mumkin. Beyl Xitoy klublaridan biriga o‘tadigan bo‘lsa, bu – shubhasiz u uchun pasayish bo‘ladi, boisi porloq deya e’tirof etilgan Beyl iyulda atigi 31 yoshga to‘ladi.

    Boshqa maqolalar:

    • “O‘zimizdan katta bolalarni yutib qo‘yadigan bo‘lsak, o‘yindan so‘ng kaltak yeyishimiz aniq edi” — Luish Nani bolaligi, “Manchester Yunayted”ga o‘tishi va o‘g‘li haqida
    • Kubogi soxta pul yasash uchun o‘g‘irlab ketilgan Angliyadagi eng “keksa” futbol musobaqasi haqida
    • Inqirozdan keyingi inqiroz. Koronavirusdan so‘ng futbol qanday bo‘ladi?
    • Lemparddan Zidangacha. Yaqin o‘tmishning taniqli futbolchilari orasidan yetishib chiqqan murabbiylar haqida
    • Lempard va Jerrard qabul qilinmagan, Maykl Ouen kabi yulduzlarni tarbiyalagan, hozir esa to‘yxonaga aylantirilgan futbol maktabi haqida
    • Murabbiy dastxati: Zidanning yetukligida Marchello Lippining o‘rni haqida
    • “Keldim, gol urdim, g‘alaba qozondik, ketdim”. “Beli singan yigit” — Kim Chelstryomning “Arsenal” muxlislariga maktubi

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    22.04.2020, 20:39   Izoh (0)   32133
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andrey Kanchelskis Superliga qachon boshlanishi, Ahmedov va Shomurodov haqida

    22.04.2020, 19:31

    Alvaro Rekoba: Messi — futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchi

    22.04.2020, 18:14

    JSST UEFAga barcha futbol musobaqalarini 2021-yil so‘ngiga qadar bekor qilishni tavsiya qildi

    22.04.2020, 17:25

    “O‘zimizdan katta bolalarni yutib qo‘yadigan bo‘lsak, o‘yindan so‘ng kaltak yeyishimiz aniq edi” — Luish Nani bolaligi, “Manchester Yunayted”ga o‘tishi va o‘g‘li h...

    22.04.2020, 15:59

    Roberto Karlos: “Real”ga o‘tishim 10 daqiqada hal bo‘lgandi

    22.04.2020, 15:16

    UFC 249 ning yangi sanasi va o‘tkazilish joyi ma’lum bo‘ldi

    22.04.2020, 14:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy Rossiya urushni tugatish uchun “noreal” shartlar qo‘yayotganini aytdi

    Dunyo | 18 may, 23:55

    Rossiyadagi koloniyadan tunnel qazib qochgan 5 nafar o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 18 may, 23:25

    Superliga. “Paxtakor” yirik hisobda g‘alaba qozondi

    Sport | 18 may, 23:15

    Dunyoda 300 mln odam ochlikdan o‘lishi mumkin

    Dunyo | 18 may, 23:00

    Superliga. “Xorazm” “Mash’al”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 18 may, 22:18

    Video: 105 yashar otaxonni haj safariga kuzatayotgan Namangan hokimi

    O‘zbekiston | 18 may, 22:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.