UFC koronavirus sabab aprel va may oylarida o‘tkazilishi mo‘ljallangan yana to‘rtta musobaqani bekor qildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati ma’lum qildi.
25-aprel (Linkoln, AQSh), 2-may (Oklahoma Siti, AQSh) va 16-may (San-Diyego, AQSh) kunidagi UFC Fight Night musobaqalari, shuningdek, 9-may kuni San-Pauloda (Braziliya) o‘tishi mo‘ljallangan UFC 250 kechasi bekor bo‘lgan.
Ushbu musobaqalar uchun chipta xarid qilgan muxlislarga pullar qaytariladi. Avvarlroq UFC mart va apreldagi uchta musobaqani bekor qilgandi.
Ta’kidlanishicha, 18-aprel kuniga mo‘ljallangan UFC 249 musobaqasi 9-may kunida bo‘lib o‘tadi. Ushbu kechaning asosiy dangi Toni Fergyuson va Jastin Getji o‘rtasida kechadi.
Izoh (0)