AQShning ESPN telekanali futbol tarixidagi eng yaxshi erkin agent maqomidagi transferlar reytingini tuzdi.
Reytingda 1995-yildan keyingi o‘tishlar inobatga olingan. Aynan o‘sha yili belgiyalik advokat Jan-Mark Bosman shartnoma tugaganiga qaramay futbolchisini qo‘yib yuborishni istamagan “Lyej”ga qarshi sud ishida yutib chiqqandi. Unga qadar o‘yinchilar ko‘p hollarda o‘zi istasa ham klubini tark eta olmas edi.
ESPN 2014-yili “Borussiya D”dan “Bavariya”ga safiga kelib qo‘shilgan Robert Levandovski transferini birinchi o‘ringa loyiq ko‘rdi. Ikkinchi o‘rinda 2011-yil “Milan”dan “Yuventus”ga erkin agent maqomida o‘tgan Andrea Pirlo qayd etilgan bo‘lsa, “Tottenhem”dan “Arsenal” safiga o‘tib ketgan Sol Kempbell transferi kuchli uchlikka yakun yasagan.
Kuchli o‘nlik bilan tanishing:
- Robert Levandovski (2014-yilda “Borussiya D”dan “Bavariya”ga)
- Andrea Pirlo (2011-yilda “Milan”dan “Yuventus”ga)
- Sol Kempbell (2001-yilda “Tottenhem”dan “Arsenal”ga)
- Luis Enrike (1996-yilda “Real”dan “Barselona”ga)
- Roberto Badjo (1997-yilda “Milan”dan “Bolonya”ga, 2000-yilda “Inter”dan “Breshiya”ga)
- Stiv Makmanaman (1998-yilda “Liverpul”dan “Real”ga)
- Rud Gullit (1995-yilda “Sampdoriya”dan “Chelsi”ga)
- Henrik Larsson (2004-yilda “Seltik”dan “Barselona”ga)
- Jeyms Milner (2015-yilda “Manchester Siti”dan “Liverpul”ga)
- Esteban Kambyasso (2004-yilda “Real”dan “Inter”ga, 2014-yilda “Inter”dan “Lester”ga)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)