Italiyaning Finale-Ligure shahrining o‘z tennis klubi bor. Klub butun Italiya kabi koronavirus sabab karantinda qolmoqda. Biroq tennischilar karantin mashg‘ulotlarning o‘tkazilishiga to‘sqinlik ko‘rsata olmasligini isbotlab berdi.
Finale-Liguredagi tennischilar Vittoriya Oliveri va Karola Pessina qo‘shni uylarning tomida tennis o‘ynadi.
https://www.facebook.com/454174261402447/videos/171106254067601/
Video ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinganidan buyon 700 martadan ortiq ulashildi.
Tennischi qizlar haqida telekanallarda lavhalar ketdi. Sportchilarning aytishicha, murabbiylar ularga uyda mashg‘ulot o‘tkazish uchun vazifalarni yubormoqda, biroq ular maydonga qaytishni intiqlik bilan kutyapti — shunga qaramay qizlar bu kabi “kort”da o‘zlarini sinab ko‘rishga qaror qilgan.
Mavzuga doir:
- “Xalq hech qachon taslim bo‘lmaydi!”. Karantindagi italiyaliklar balkonga chiqib qo‘shiq kuylamoqda (video)
- Italiyada shifokorlar koronavirusga chalingan bemorni tug‘ilgan kuni bilan ta’sirli tarzda tabrikladi (video)
- Italiyaliklar karantinda klassik filmlarni proyektorlar orqali aholiga namoyish etmoqda
Izoh (0)