Rim kinofestivali dasturi tashkilotchilari klassik kinematografiya orqali shahar ruhiyatini ko‘tarib, aholini koronavirus fikridan chalg‘itishga qaror qildi. Alice nella Citta dasturiga javob beruvchi Fabia Bettini va Janlukka Kanelli shaharliklarga filmlardan parchalar namoyish etmoqda, deb xabar beradi “Kinopoisk”.

Foto: “Kinopoisk”

Bettini va Janellining so‘zlariga ko‘ra, sevimli filmlardagi sahnalarni birgalikda ko‘rish orqali og‘ir damda odamlarni tinchlantirishga harakat qilinmoqda. Ular proyektorlari bor fuqarolardan ushbu harakatni qo‘llab-quvvatlashni so‘ragan. Shungan so‘ng, aksiyaga nafaqat Rim, balki Piza, Turin va Palermoda ham qo‘shilishdi.

Italiyaning mualliflik to‘g‘risidagi qonunchiligiga ko‘ra, kartinalarni to‘liq namoyish etish taqiqlanadi, shu sababli odamlar qisqa kliplar namoyishi bilan cheklanmoqda. Hozirgacha “O‘lik shoirlar jamiyati”, “Billi Elliot”, “Buyuk diktator”, “Aristrokrat mushuklar”, “ ‘Paradizo’ yangi kinoteatri”, “Shirin hayot”, “Berlin uzra osmon” va “Milandagi mo‘jiza” kabi filmlardan parchalar namoyish etildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Italiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 80 mingga yetgan, vafot etganlar soni esa 8,2 ming kishidan oshib ketdi.