Daryo

Italiyada shifokorlar koronavirusga chalingan bemorni tug‘ilgan kuni bilan ta’sirli tarzda tabrikladi (video)

Tug‘ilgan kun sohibiga sertifikat topshirilib, unga shifokorlar qo‘shiq aytib bergan

1 daqiqa o‘qish76 460 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Yahoo

Italiyada shifokorlar koronavirusga chalingan bemorni tug‘ilgan kuni bilan ta’sirli tarzda tabrikladi, deb yozadi Yahoo portali.

Foto: Yahoo

Bemor Italiyaning Pyachensa shahridagi kasalxonalardan birida davolanmoqda. Tabrik jarayoniga guvoh bo‘lganlar uning videosi bilan bo‘lishgan.

Videoda himoya kiyimlarini kiyib olgan tibbiyot xodimlari dala gospitalidagi palataga qo‘llarida tort bilan kirib kelib, bemorni tabriklaganini ko‘rish mumkin.

Tug‘ilgan kun sohibiga sertifikat topshirilib, unga shifokorlar qo‘shiq aytib bergan. Shuningdek, harbiy shifokorlar u bilan suhbatlashgan va qo‘llab-quvvatlagan.

Bemor shifokorlarning ushbu tashabbusidan xursand ekanligini bildirgan.

Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar