Italiyaning Piza provinsiyasida it uydan qochib ketdi va koronavirusga chalingan egasi jon berayotgan shifoxonani izlab topdi, deb yozadi Newsweek.
Yetti yoshli Stella laqabli itning egasi koronavirusni yuqtirgan. Erkak shifoxonaga olib ketilganida Stella uyda yolg‘iz qoldi. It egasidan xavotir olib, uydan chiqgan hamda u olib ketilgan shifoxonani izlab topgan.
Stella buning uchun bir necha kilometr masofani bosib o‘tgan.
It shifoxona oldida egasini behuda kutdi: erkak koronavirusni yenga olmadi va jonlantirish bo‘limida vafot etdi.
Stella haqida jonivorlarni himoya qilish tashkiloti vakillari Facebook’da post yozib qoldirdi. Shundan so‘ng marhumning yaqinlari itni boqib oldi.
Mavzuga doir:
- Karantin tufayli ishsiz qolgan sport sharhlovchisi o‘z itlari o‘rtasida musobaqalar tashkillashtirib, ularni sharhlamoqda
- Mushuk boqadiganlarga uyda o‘tirish oson emas. Jonivorlar ham egalaridan kam aziyat chekayotgani yo‘q (foto)
- O‘rnak olsa arziydi: jonivorlar masofa saqlashni bilishini isbotlovchi suratlar
Izoh (0)