Madridning “Real” klubi yozgi transfer oynasida hujumchi Luka Yovichni sotmaydi, deya xabar qilmoqda AS.
“Luka ayni damda futbolchi va inson sifatida o‘sish uchun ideal yoshda. U jamoa bilan 2025-yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolagan va biz unga ishonch bildirganmiz.
Debyut mavsumda yangi mamlakat, til va madaniyatga o‘rganish hech kim uchun oson ish emas. Uning potensiali bizga ma’lum va hech kim uning imkoniyatlariga shubha bilan qaramayapti.
Serbiyada karantin qoidalarini buzgani? U “Real” ruxsatisiz hech narsa qilmadi va Serbiya politsiyasi bu borada ogohlantirilgandi. Shunchaki, pashshadan fil yasashdi”, — deydi “Real”dagi manba.
Mavzuga doir: Londonning uchta klubi “Real” hujumchisi uchun kurashadi
Joriy mavsum 22 yoshli futbolchi La Ligada 15 o‘yin o‘tkazib, ikki gol va bitta samarali uzatmaga muallif bo‘ldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)