Koronavirus infeksiyasini keng tarqalishini oldini olish va e’lon qilingan karantin talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 8-apreldagi qaroriga asosan, 2020-yil 9-apreldan boshlab avtotransport vositalari harakatlanishiga davlat xizmatlari markazlari tomonidan maxsus ruxsatnoma berish to‘xtatildi.
“Ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lgan arizalar qanoatlantirilmasdan qoldiriladi”, – deyiladi xabarda.
Avtotransport vositalariga mazkur sanaga qadar taqdim etilgan ruxsatnomalar asosida harakatlanish huquqi saqlab qolindi. Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlarning ro‘yxati qisqartirilib, alohida e’lon qilinadi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)