Xitoyning Shenchjen shahrida 1-maydan boshlab it va mushuk go‘shtini sotish va ularni iste’mol qilish taqiqlandi, deb xabar beradi Reuters.
“It va mushuklar uy hayvonlari orasida insonga eng yaqin bo‘lgan jonzotlardir, shu sababli ularning go‘shtini iste’mol qilishni taqiqlash rivojlangan davlatlarda, shuningdek, Gonkong va Tayvan amaliyotida normal holatga aylangan”, — deyiladi xabarda.
Humane Society International ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyda har yili 10 million it va 4 million mushuk go‘shti uchun o‘ldiriladi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)